• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    1-yanvardan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning faoliyati yangicha tartibda soliqqa tortilmoqda — Soliq qo‘mitasi

    Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, 2024-yilning 1-yanvaridan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida yoki tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlariga ushbu daromadlar soliq davrida yuz million so‘mdan oshgan kundan e’tiboran yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq solinishi belgilandi.

     
    Foto: Soliq qo‘mitasi axborot xizmati
     

    Mamlakatda yanvar holatiga ko‘ra 2,5 milliondan ortiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan. Shundan 5701 tasi 100 million so‘mgacha, 2715 tasi 100 million so‘m va 200 tasi 1 milliard so‘mdan oshiq yillik daromad ko‘rgan. Xo‘sh, kiritilayotgan o‘zgartirish aslida nima va u qanday tartibda ishlaydi? Shu kabi savollarga Soliq qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga tushuntirish berdi

    Yuz million so‘mdan oshsa

    Soliq kodeksining 461-moddasining birinchi qismi 2-bandiga asosan soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so‘mdan oshgan, lekin bir milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar hisoblanishi belgilangan.

    Shunga asosan soliq davrida mehnat faoliyati natijasida yoki tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlariga yuz million so‘mdan oshgan kundan e’tiboran ushbu kodeksning 467-moddasiga asosan 4 foizlik stavkada aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash lozim bo‘ladi.

    Xuddi shunday, agar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar elektron tijorat ishtirokchisi hisoblanib, ya’ni elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chakana sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirsa, u holda aylanmadan olinadigan soliq 2 foizlik stavkada to‘lanadi.

    Shu kabi, O‘zbekiston prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-sonli farmonining 1-ilovasida tasdiqlangan beshinchi toifaga kiritilgan hududlardagi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 2026-yil 1-yanvarga qadar 1 foiz miqdorida qo‘llanadi.

    Misol uchun, o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning joriy yilning yanvar oyida mehnat faoliyatidan olgan daromadlari 101 million so‘mni tashkil etsa, oshgan qismidan, ya’ni 1 million so‘midan 4 foizlik stavkada, ya’ni 40 ming so‘m aylanmadan olinadigan soliq to‘lanadi.

    O‘z navbatida, ushbu shaxslar aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha har oyda, jumladan, hisobot davri yakunlari bo‘yicha — hisobot davridan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan hamda yil yakunlari bo‘yicha — soliq davridan keyingi davrning 15-fevralidan kechiktirmay hisobot taqdim etish majburiyati yuklanadi.

    To‘lovlarni amalga oshirish yuqorida qayd etilgan, ya’ni hisobot taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. 

    Ya’ni yuqoridagi misolda qayd etilgan 100 million so‘mdan oshgan daromadning 1 million so‘mi uchun fevral oyining 15-sanasiga qadar soliq hisoboti taqdim etilishi hamda shu muddatga qadar to‘lovni amalga oshirilishi lozim.

    O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi qanday aniqlanadi?

    Ma’lumki, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatishda (tovarlarni sotishda) elektron hisob-kitob fakturalarni taqdim qilishi hamda nazorat-kassa texnikasi va bank plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lov terminallaridan foydalanishi hamda tijorat banklarida hisobvaraqlarini ochgan holda faoliyat yuritishlari mumkin. O‘z navbatida, yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar Soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasida tashqi manba ma’lumotlari asosida shakllanadi. Shunga asosan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadlari yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar asosida aniqlanish imkoniyati mavjud.

    Daromadi 100 mln so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar YTTlar kabi xodimlarni yollay oladimi?

    Ma’lumki, YTTlar 5 nafargacha xodim yollagan holda faoliyat yuritishlari mumkin. O‘z navbatida, xodimni yollash bevosita ikkita tomon o‘rtasida tuziladigan mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi hamda soliq organlariga har bir yollangan xodimlarni majburiy tartibda hisobga qo‘yishlari lozim bo‘ladi. Shuningdek, YTT zimmasida har bir, ya’ni 5 nafargacha yollagan xodimlari uchun daromad solig‘i hamda ijtimoiy soliq to‘lovini amalga oshirish majburiyati yuklatilgan.

    Shunga asosan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘z faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishga hamda tadbirkorlik subyektlariga yollangan xodim sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.

     Xalqaro tajriba

    Xorijiy davlatlarda ham o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soliq to‘lovchilar hisoblanadi. Misol uchun, yaqin Rossiya Federatsiyasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar olgan daromadlaridan soliq to‘lash majburiyati mavjud. Ya’ni ularning qonunchiligiga asosan daromadlaridan 4 foiz, agar ushbu daromadlar yuridik shaxs yoki xususiy tadbirkorlarga ko‘rsatilgan xizmatdan olingan bo‘lsa, 6 foiz miqdorida professional daromad solig‘i to‘lashlari lozim bo‘ladi.

    Daromadi 100 mln so‘mdan oshganda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida e’tirof etiladimi yoki YTTga aylanadimi?

    Kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning jami daromadi soliq davrida 100 mln so‘mdan oshsa, YTTga aylanmaydi. Faqatgina soliq to‘lash majburiyati YTT sifatida belgilanadi.

    O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi 100 mln so‘mdan oshganda ijtimoiy soliqni YTT kabi to‘laydimi?

    Ijtimoiy soliq to‘lash ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. Shunga asosan daromadi 100 mln so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ham yiliga bir marotaba bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida mehnat stajini hisoblash uchun ijtimoiy soliq to‘laydi.

    05.01.2024, 19:29   Izoh (0)   50308
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda taksi xizmati uchun naqd pul orqali to‘lov qilinganda chek berilishi taʼminlanadi

    07.12.2023, 14:23

    1-yanvardan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?

    01.01.2024, 13:45

    O‘zbekistonda soliq mobil ilovasidan foydalanuvchilar soni maʼlum bo‘ldi 

    04.01.2024, 19:58

    Yerusti metrosining 5 ta bekatida eskalatorlar ishdan chiqqan — Senat

    05.01.2024, 17:58

    O‘zbekistondagi barcha hokimlar davolanish ta’tiliga chiqdi 

    05.01.2024, 17:34

    Piskentda erkak o‘z tanishini do‘pposlagani aks etgan videoni tarmoqlarda tarqatib yubordi (video) 

    05.01.2024, 17:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.