Qozog‘istonning Taraz shahrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi — avtobus qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, o‘nta mashinani urib ketdi. Bu haqda Qozog‘iston OAV mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berdi.
![](/static/2024/01/04/2381248.5d57903f0a05e9f7f9cfdbe5d1c396ba-5_Vd_AiQ.jpg)
Baxtsiz hodisa 4-yanvar kuni soat 10:48 atrofida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv vaqtida avtobusda o‘n nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ulardan biri 56 yoshli ayol tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Avtobus haydovchisiga nisbatan dastlabki tergov harakatlari boshlandi.
4-yanvarga o‘tar kechasi Qozog‘istonning Uralsk shahridagi kafeda gaz portlagandi, oqibatda yong‘in chiqib, bino qulab tushgan. Portlashda ikki kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)