Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 19-turida “Real” 3-yanvar, chorshanba kuni “Malyorka”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda ham madridliklar faollikni berib qo‘ymadi. 78-daqiqaga kelib, hisob ochildi. Burchak zarbasidan Modrich uzatgan to‘pni Ryudiger bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Ushbu gol o‘yin yakunigacha yagona bo‘lib qoldi hamda Karlo Anchelotti jamoasiga g‘alaba keltirdi.
G‘alabadan so‘ng “qaymoqranglilar” ochkolari sonini 48 taga yetkazdi va musobaqa peshqadami bo‘lib qolmoqda.
La Liga
19-tur bahsi
3-yanvar, chorshanba
“Real” – “Malyorka” 1:0
Gol: 1:0 – 78 Ryudiger.
“Real Madrid”: Lunin, Karvaxal, Ryudiger, Tchuameni, Fran Garsiya, Modrich (Sebalyos, 86), Kroos (Xoselu, 67), Valverde, Bellinghem, Vinisius Junior (Braim Dias, 60), Rodrigo (Vaskes, 86).
“Malyorka”: Raykovich, Maffeo, Nastasich, Railo, Gonsales, van der Xeyden (Toni Lato, 46), Sanches (Ndiaye, 83), Dani Rodriges (Darder, 73), Morlanes (Maskarel, 73), Samu Koshta, Larin (Prats, 73).
Ogohlantirishlar: van der Xeyden (1), Rodrigo (35), Lunin (45), Nastasich (61), Maffeo (70).
Izoh (0)