• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    9 yoshida zo‘rlanib, sudda 35 yoshli pedofilni otib o‘ldirgan qasoskor ona hikoyasi

    1983-yil 3-noyabr. Va nihoyat 28 kun davom etgan bahs-munozaralardan so‘ng Marianna Baxmeyerga sud hukmi o‘qiladigan bo‘ldi. Bu ish shundoq ham ikkiga ajralgan nemis xalqini (1945-yil Ikkinchi jahon urushi yakuniga yetgach, yaxlit Germaniya ikki qisim GDR va GFRga bo‘lib ketgan – muallif) bo‘lib yubordi. Sud binosi atrofida yuz minglab insonlar to‘plangan. Bir guruh Marianna to‘g‘ri ish qilganini taʼkidlab, suddan yengil jazo tayinlashni talab qilsa, boshqa guruh ayolga eng og‘ir jazo berilishini so‘rar edi. Sababi ayol 35 yoshli erkakni sudlanayotgan vaqtida to‘pponchadan naqd sakkiz marotaba o‘q uzib, otib o‘ldirgan edi-da!

    Marianna sud zaliga olib kirildi. Qilgan ishidan zarracha ham afsuslanmayotgan ayol sud vaqtida o‘zini mardonavor tutib, erkakni otib o‘ldirganidan mamnun ekanligini yashirmadi. Sud hay’ati a’zolari uni 8 yil ozodlikdan mahrum qilishga kelishdi. Qaror sud zalida baland ovozda o‘qib eshittirildi. O‘ziga nisbatan chiqarilgan hukmni eshitgan Mariannaning qiyofasi o‘zgarmadi. U na yig‘ladi, na kuldi…

    Sud zalidagi Marianna Baxmeyer
    Foto: dzen.ru

    Oila va mudhish kun

    Marianna Baxmeyer 1950-yil 3-iyunda G‘arbiy Germaniyaning Sarstedt shahrida tug‘ilgan. Uning otasi sobiq SS (1936-1946–yillarda Germaniyadagi milliy sotsialistik nemis ishchilar partiyasining harbiylashtirilgan kuchlari – muallif) aʼzosi bo‘lib, juda “yaxshi” inson edi. Urushning og‘riqli xotiralari tufayli ota ichkilikka ruju qo‘ygandi. Sharobning kuchi bilan “sher”ga aylangan er, ayoli va farzandlarini har kuni tunda kaltak bilan siylardi. Bunga chiday olmagan Mariannaning onasi eri bilan ajrashishga majbur bo‘ldi.

    Ko‘p o‘tmasdan Mariannaning onasi boshqa erkakka turmushga chiqdi. Biroq u tanlagan erkak ham zolim bo‘lib, u sobiq eridan bir jihat – ichmasligi bilan ajralib turardi.

    Yosh Marianna go‘zal va maftunkor qiz bo‘lib ulg‘aydi. Ota-onasi uni kelajakda aktrisa yoki model bo‘lishiga umid bog‘layotgan edi. Ehtimol, yosh Marinnaning hayotida bir mashʼum hodisa bo‘lmaganida, balki shunday ham bo‘larmidi?

    Gap shundaki, endigina 9 yoshga to‘lgan qizaloq kattaroq lavozimda ishlovchi pedofil qo‘shnisi tomonidan zo‘rlandi. Yetmaganiga, qizaloqqa “fohisha” degan loy ham chaplandi. Bu jarohat Mariannaning ruhiyatini chuqur yaraladi. Amaldor qo‘shnisining do‘q-po‘pisasidan qo‘rqqan ota-ona politsiyaga xabar berishga botina olmay, mum tishladi.

    Mariannani o‘sha jirkanch kundan qolgan qo‘rqinchli xotira chirmoviqday qurshab oldi. Mudhish voqea uni bir soniya ham tark etmas, ortidan soya kabi ta’qib etardi. O‘gay ota bo‘lsa Mariannani doim qatʼiyatsizlikda aybladi. U aslida badnom bo‘lgan o‘gay qizidan tezroq qutulish maqsadida shunday qilayotgan edi. Sho‘rlik ona ham ota tomonga yon bosdi. Chorasiz qolgan Marianna 15 yoshida uydan chiqib ketishga majbur bo‘ldi.

    Marinnaning onasi va ikkinchi o'gay otasi
    Foto: dzen.ru

    Birinchi farzand, ikkinchi bor…

    Mariannaning boradigan joyi yo‘q edi. Shuning uchun u “hippi” kommunasiga qo‘shildi. Kommuna erkin hayot kechirish maqsadida oilasidan bosh olib ketgan yoshlarga to‘la bo‘lgan. Bu yoshlar marixuana tutatishdan sarmast bo‘lib, tunlari “erkin sevgi” shiori ostida bir-biri bilan yaqinlik qilardi.

    16 yoshida Marianna ona bo‘ldi. Biroq u onalikka tayyor bo‘lmagani uchun yangi tug‘ilgan qizini mehribonlik uyiga topshirdi. Bu voqeadan 2 yil o‘tib, u yana homilador bo‘ldi. Ushbu yangilikni eshitgan Mariannaning “sevgilisi” unga hech nima demasdan bir zumda g‘oyib bo‘ldi-qoldi.

    Kutilmaganda Mariannaning hayotida ikkinchi bor noxush holat yuz berdi. Unga ikkinchi bor jinsiy tajovuz qilindi. Marianna o‘zini zo‘rlagan shaxsni sud berdi. Ammo qo‘li uzun yigit javobgarlikdan silliqqina qutulib qoldi. Qahramonimiz esa ikkinchi qizini homiylik ostidagi oilaga berishga majbur bo‘ldi. Balki, Marianna tug‘uruqdan oldin zo‘rlanmaganida ikkinchi farzandini o‘zi kamolga yetkazarmidi, qaydam?

    Marianna Baxmeyer
    Foto: satyaagrah.com

    Anna

    22 yoshida Marianna jirkanch xotiralarni unutish va yangidan hayot boshlash maqsadida Germaniyaning Lyubek shahriga ko‘chib o‘tdi. U kichik pivo barida ofitsiant bo‘lib ish boshladi. Marianna shu yerda ishlovchi Kristian Bertold bilan yaqindan tanishdi. Ketma-ket davom etgan ishqiy uchrashuvlar natijasida uning uchinchi farzandi – Annaning zuvalasi pishdi.

    1973-yilda Mariannaning uchinchi qiz farzandi – Anna dunyoga keldi. Shundan keyin Marianna Baxmeyer sterilizatsiya (homiladorlikning oldini olish uchun qo‘llaniladigan amaliyot – muallif) qilindi. Endi boshqa farzand dunyoga keltira olmasligini bilgan Marianna yagona farzandi Anna haqida qayg‘ura boshladi. Biroq u bu safar ham yolg‘iz edi.

    Qizalog‘i bilan yakka qolgan Marianna ro‘zg‘or tebratish uchun ishlay boshladi. Yosh bolasiga enaga yollay desa, maosh ham durust emas. Shu boisdan u chaqalog‘ini o‘zi bilan ishga olib borishni boshladi. Anna onasining ish joyida ulg‘aydi. To‘g‘ri, o‘sha vaqtda ko‘plab onalar farzandiga enaga yollay olmagani uchun farzandlarini o‘zi bilan ishga olib borar edi. Lekin pivo bari bolalar ulg‘ayishi uchun qanchalik yaxshi maskan bo‘lishi mumkin? U yerda nafsi hakalak otgan, mast erkaklar bo‘ladi axir!

    Рассказываем про одно из громких криминальных дел конца XX века. В марте 1981 года в суде немецкого города Любек шло разбирательство по делу об убийстве маленькой девочки по имени Анна Бахмайер.-5
    Mariannaning qizi Anna 
    Foto: dzen.ru

    Pedofil Klaus

    Marianna bardagi ishlarga shu darajada ko‘milib ketgan ediki, qiziga vaqt ajrata olmadi. Barga keluvchi mijozlar Mariannaning qizini yaxshi tanir, unga samimiy munosabatda bo‘lib, qizaloqqa o‘yinchoq yoki shirinlik berib, uni xursand qilib ketishardi. Biroq xalqimizda “guruch kurmaksiz bo‘lmaydi”, degan maqol bor. O‘sha kurmak Mariannadan 4 yosh katta – Klaus Grabovski bo‘lib chiqdi.

    1973-yilda sog‘lom bo‘lmagan Klaus 6 yoshli qizni o‘g‘irlab ketishga urinib ko‘rgan edi. Biroq qizaloqning chinqirib, yig‘lab yuborgani uni fosh qilib qo‘ygan. Bolani o‘g‘irlashga urinish uchun Klaus 1 yil qamoqda o‘tirib chiqqandi. Afsuski, bu jazo Klausni yana jirkanch ishni amalga oshirishi uchun to‘siq bo‘la olmadi.

    1975-yilda pedofil Klaus Grabovski 9 yoshli qizaloqqa hujum qilib, uning nomusini bulg‘adi. Maxluq tezda qo‘lga olindi. O‘sha vaqtda Germaniyada pedofillarga jazo sifatida kimyoviy kastratsiya qo‘llash haqida qonun ishlab chiqilmagandi. Shuning uchun jinoyatchi pedofillar ruhiy kasalxonada dori yordamida davolanar edi. 1976—1978-yilgacha Klaus psixiatrik shifoxonada saqlanib, kimyoviy kastratsiya dori-darmonlarini qabul qildi. 1979-yilda bu maxluq sudda o‘z aybiga iqror ekanligini, o‘ziga turmush o‘rtoq topganini va umrini qolgan qismini u bilan baxtli o‘tkazmoqchi ekanini aytdi. Insonparvar nemis sudi maxluqning gaplariga ishondi va uni ozodlikka chiqardi.

    Рассказываем про одно из громких криминальных дел конца XX века. В марте 1981 года в суде немецкого города Любек шло разбирательство по делу об убийстве маленькой девочки по имени Анна Бахмайер.-7
    Maxluq Klaus
    Foto: dzen.ru

    1980-yil 5-may

    1980-yilda Klaus xotini bilan Marianna Baxmeyerga qo‘shni xonadonga ko‘chib keldi. U qassobxonada ishlashni boshladi. Klaus va ayoli uylarida mushuk parvarish qilishar, 9 yoshdagi Anna shu mushuk bilan o‘ynashni yoqtirardi. Afsuski, Marianna qo‘shnisining o‘tmishidan bexabar edi.

    1980-yil 5-may kuni ertalab ona-bola o‘rtasida tortishuv yuz berdi. Anna maktabga borishni istamadi. Onasi esa unga jahl qilib, Annani tashqariga olib chiqib, qiziga bugun u maktabga yolg‘iz borib kelishini aytdi. Aslida ham maktab uydan unchalik uzoq emasdi. Biroq Anna maktabga borishni istamadi. Qo‘shni uyda bo‘lib o‘tgan voqeani devor ortida eshitib turgan Klausning eski kasali qo‘zib, xirsi kuchaydi. U yolg‘iz qolgan Annani mushuk bilan o‘ynash bahonasi bilan uyiga olib kiradi va …

    Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, Klaus qizni uyga olib kirib, bir necha soat qayta-qayta zo‘rlagan. Keyin esa Annani xotinining uzun paypoqlari bilan bo‘g‘ib, o‘ldirgan. Ishni bajargan pedofil qotil qizaloqning murdasini yashirish maqsadida jasadni qutiga solib, kanal qirg‘og‘ida qoldirib ketadi.

    Tunda Marianna qizi uyga qaytmaganida xavotir olib, politsiyaga xabar qildi. Yagona dilbandidan xavotirga tushgan ona telefon tepasida politsiyaning qo‘ng‘iroq qilishini intizorlik bilan kutdi. 4-5 soatdan so‘ng politsiya Mariannaga qo‘ng‘iroq qilib, noxush xabarni yetkazdi. Dastlab ona bu xabarga ishonmadi. Biroq sud-ekspertiza stolida jajji dilbandining jonsiz tanasini ko‘rgach, ho‘ngrab yig‘lab yubordi.

    Ona uchun eng og‘riqli narsa shu bo‘ldiki, Mariannaning o‘zi bolalik vaqtida pedofil tomonidan hujumga uchragan bo‘lsa, uning qizi pedofil qo‘lida jon berdi.

    Aniqlanishicha, Klaus tunda xotiniga qilgan jinoyatini aytib bergan. Shundan keyin ayol darhol politsiyaga xabar qilgan. Sud vaqtida Klaus jajji Annani buzuqlikda ayblab, qilgan ishlari qizga manzur bo‘lganini taʼkidlagan. Bu ham yetmaganiga, qizning onasi Marianna miq etmay yurishi uchun undan pul talab qilganini qo‘shimcha qildi. Albatta, bu ayblov onani g‘azablantirdi. Axir kim ham yagona qizini zo‘rlagan marazdan pul talab qiladi? Bunday vaziyatda o‘zini inson hisoblagan kishi xun talab qiladi yoki o‘ch oladi!

     
    Sud zaliga olib borilayotgan Marianna
    Foto: fishki.net

    “Men uning orqasiga o‘q uzishim kerak edi”

    Sud pedofil Klausga jazo tayinladi. Lekin jinoyatchi jazoni qamoqxonada emas, balki ruhiy kasalxonada o‘taydigan bo‘ldi. Shundan so‘ng Marianna jinoyatchini o‘zi jazoga tortishga qaror qildi. Voqeaning qolgan qismini so‘z boshida o‘qigan bo‘lsangiz kerak?

    Bo‘lib o‘tgan voqea (ya’ni so‘z boshidagi holat)dan keyin Marianna darhol sud zalida qo‘lga olindi. Shunda qasoskor ona sudyalarga qarab, shunday degan ekan:

    “Men uni o‘ldirishni istadim. Bu cho‘chqaning yuzidan otib tashlang. Men uning orqasiga o‘q uzishim kerak edi. Afsus bunday qila olmadim. Umid qilamanki, bu cho‘chqa o‘lgan”.

    Sud Marianna Baxmeyerni stress oqibatida sodir etilgan qotillikda aybdor deb topdi va uni olti yilga ozodlikdan mahrum qildi. Shu joyda o‘quvchida “Marianna qizini o‘zi maktabga olib borganida, balki bunday voqea yuz bermagan bo‘lar edi”, degan fikr tug‘ilishi mumkin. Ammo Klausning qurboni Anna bo‘lmasa-da, boshqa bir begunoh qizaloq bo‘lishi aniq edi.

     
    Foto: “VKontakte”

    Ayni shu voqea nemis jamiyatining ko‘zini ochdi, desak xato bo‘lmas. Nemis millati pedofillarga qarshi kurashish uchun oyoqqa turdi. Odamlar pedofillarga nisbatan tayinlanadigan jazoni yanada keskinlashtirishni talab qila boshladi. Natijada hukumat pedofillarga qarshi jazoni og‘irlashtirdi.

    So‘z o‘rni kelganda yozay: ming afsuslar bo‘lsinki, so‘ngi vaqtlarda jamiyatimizda ham pedofillar zulmidan jabr ko‘rgan (hatto halok bo‘lgan) qismatlar haqida ko‘p eshityapmiz. Maʼlumotlarga ko‘ra, 2023-yil 6 oyida 16 yoshga to‘lmaganlarga nisbatan jinsiy tajovuz bilan bog‘liq ishlar uchun 257 nafar shaxsga sud hukmi o‘qilgan. Bu illatni o‘zbek jamiyatida ham keng ildiz otmasligi uchun nima qilmoq kerak? Nazarimda, bu savol barchani o‘ylantirishi zarur!

    Darvoqe, Marianna…

    Marianna Baxmeyer muddatidan oldin ozodlikka chiqdi va bir o‘qituvchi erkak bilan turmush qurdi. Biroq besh yil o‘tgach, ular ajralishgan. Marianna Baxmeyer 1996-yilda 46 yoshida oshqozonosti bezi saratoni kasalligidan vafot etgan. Vafotidan so‘ng u haqida turli filmlar ishlandi. Marianna qasoskor ona siymosi ostida Germaniya xalqining qalbidan chuqur o‘rin egalladi.

    Marianna va qizi Annaning qabri
    Foto: dzen.ru

    02.01.2024, 17:45   Izoh (0)   40948
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada Yangi yil kechasi 3 mingga yaqin migrant qo‘lga olindi (foto)

    02.01.2024, 17:15

    Axios: Isroil HAMASning garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha yangi taklifini rad etdi

    02.01.2024, 16:25

    Tokioda aeroportga qo‘nayotgan yo‘lovchi samolyoti yonib ketdi (video)

    02.01.2024, 15:40

    Norvegiyada Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri qurol sotishga ruxsat berildi

    02.01.2024, 15:15

    Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli zarba berdi. Kiyev va Xarkovda uylar yonib ketdi (video)

    02.01.2024, 13:16

    Isroil G‘azo sektoridagi qo‘shinlarining bir qismini olib ketmoqchi

    02.01.2024, 12:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.