• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Kambag‘al oilada tug‘ilgan, farzand dog‘ini ko‘rgan va O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi Jerar Depardye 75 yoshda (foto)

    Jahon kinosi yulduzi Jerar Depardye 2023-yil 27-dekabr kuni 75 yoshni qarshi oldi.

    Foto: Marie Claire


    Jerar Depardye 1948-yil 27-dekabrda Fransiyaning Shatoru shahrida tug‘ilgan. Bo‘lajak aktyorning oilasi qashshoqlikda yashagan va moliyaviy muammolar tufayli uning ota-onasi farzandlariga kam vaqt ajratgan va befarq bo‘lgan. Muammolarga qaramay, Jerar maktabda yaxshi o‘qidi, lekin faqat boshida, oradan bir muncha vaqt o‘tgach, u o‘qishni tark etdi.

    Natijada 1962-yilda u to‘liq bo‘lmagan o‘rta ma’lumot to‘g‘risida hujjat oldi, shundan so‘ng u bosmaxonaga ishga kirdi. Shu bilan birga, Jerar aviabazada yoqilg‘i o‘g‘irlagan bir guruh tengdoshlari bilan munosabat o‘rnatdi. Endigina 16 yoshga kirgan bo‘lajak aktyor politsiyachilar tomonidan hibsga olindi va uch hafta davomida qamoqda qoldi.

    Foto: Marie Claire

    Nogahon Parijda yashovchi do‘stlaridan biri uni o‘z yoniga taklif qilganida Jerarning hayoti birdan o‘zgarib ketdi. Depardye uyidan qochib, Fransiya poytaxtiga do‘stining aktyorlik darslarida nima qilayotganini ko‘rish uchun ketdi. Do‘stining o‘qituvchilardan biri Jerarni payqab qoldi va pantomimani tasvirlab berishni so‘radi, u uchun bu vazifa qiyin emas edi, chunki bolaligida tez-tez imo-ishoralar yordamida muloqot qilar edi. O‘qituvchiga Depardye ma’qul keldi va uni o‘qishda qolishga taklif qildi. Jerarning kelajakda buyuk aktyor bo‘lib yetishganiga qaraganda, u taklifga rozi bo‘lgan.

    Karyera

    Foto: Marie Claire


    Jerarning filmdagi debyuti o‘tgan asrning 60-yillarning o‘rtalarida sodir bo‘lgan. U Roje Lenarning qisqa metrajli filmida rol ijro etgan. Bir muncha vaqt o‘tgach, u Anes Vardaning “Navsikaya” (“Nausika”) to‘liq metrajli filmida rol o‘ynadi. Keyinchalik yana bir nechta rollar ijro etdi, lekin Bertran Bliyening 1977-yilda premyerasi bo‘lgan “Valschilar” kartinasi unga shuhrat keltirdi.

    “Valschilar” filmidagi muvaffaqiyatli rolidan so‘ng aktyor ekranlarda tez-tez paydo bo‘la boshladi, uning filmografiyasidagi eng ahamiyatli rollar “So‘nggi ayol”, “Dastro‘molingizni tayyorlang”, “Yigirmanchi asr” edi. “So‘nggi metro” melodramasidagi ishi uchun Jerar o‘zining birinchi kino mukofoti – “Sezar”ni oldi.

    Foto: Marie Claire

    Depardye 80-yillarda komediyalarda rol o‘ynay boshlaganidan keyin mashhurlikning yangi to‘lqinini his qildi. Unga Pyer Rishar va Jan Reno bilan birga rol o‘ynagan “Sen gapirma!” filmi alohida muvaffaqiyat keltirdi. 90-yillarning boshlarida u asosiy rolni o‘ynagan “Sirano de Berjerak”da ishtirok etdi va bu uchun Depardye Kann kinofestivalida mukofotlandi. Filmning o‘zi esa “Oskar”, “Sezar”, “Palma” va boshqa mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Ushbu kartinadan so‘ng Gollivud Depardyega o‘z eshiklarini ochdi. So‘ngra Endi Makdauel bilan birgalikda “Yashash huquqi” filmida suratga tushdi va roli uchun “Oltin globus”ni oldi.

    Foto: Marie Claire

    Hozirda ham aktyorning filmografiyasi yangi asarlar bilan to‘lib bormoqda. Depardye filmlarda faol ishtirok etishda davom etmoqda, shuningdek, dublyaj studiyasida ham faoliyat yuritadi.

    Shaxsiy hayot

    Jerar Depardye va uning birinchi rafiqasi Elizabet Gino
    Foto: “Spletnik.ru”

    Jerar bo‘lajak rafiqasi bilan aktyorlik maktabida o‘qiyotganda tanishgan. Bu 1968-yilda sodir bo‘ldi va o‘sha paytda Parijdagi eng badavlat oiladan bo‘lgan Elizabet Gino uning ko‘nglidan joy oldi. 1970-yil 11-aprelda juftlik turmush qurdi.

    Jerar Depardye va Karinn Silla hamda ularning qizi Roksana
    Foto: “Spletnik.ru”



    1992-yilda Jerar va Elizabetning ajrashishi ma’lum bo‘ldi va bu 1996-yilda amalga oshdi. Ma’lumki, ajralish sababi Depardyening qizi Roksanani dunyoga keltirgan model Karinn Silla bilan munosabatlari bo‘lgan. Ammo bu munosabat uzoq davom etmadi, 1977-yilda Jerar aktrisa Karol Buke bilan uchrasha boshladi. Buke juda rashkchi edi, bu aktyorga yoqmadi va 2005-yilda ular ajrashdi.

    Jerar Depardye va Karol Buke
    Foto: “Spletnik.ru”

    Aktyor to‘rt nafar farzandini rasman tan oladi: qizi Jyuli va o‘g‘li Giyom rafiqasi Elizabetdan (Giyom 2008-yilda vafot etgan), qizi Roksanna Karinn Silladan va o‘g‘li Jan kambojalik Xelene Bizotdan.

    Nomusga tegganlikda ayblangan

    2018-yilning yozida aktyorning bir qizni zo‘rlagani  yuzasidan anonim ariza yozildi. Atrofdagilarning hech biri aktyorning buni qila olishiga ishonmadi va uning o‘zi hamma narsani rad etdi. Ko‘p o‘tmay, tekshiruv va so‘roqlardan so‘ng ish yopildi.

    Foto: “Spletnik.ru”

    2021-yilda qiz yana aktyorni aybladi, ammo bu safar u o‘z ismini yashirmadi. Aktrisa Sharlotta Arnold o‘zining Twitter sahifasida butun voqeani e’lon qildi. 2013-yilda Rossiya fuqaroligini olgan Depardye ayblovlarni rad etadi. Uning advokatlari aktyor sha’nini himoya qilishga va’da berdi.

    O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi 

    Foto: Turizm qo‘mitasi


    2019-yilda Jerar O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi etib tayinlangan.
    Tashabbus Jerar Depardyening o‘zidan chiqqan. U O‘zbekistonning turizm targ‘ibotini Fransiyadan tashqari Yevropa davlatlarida ham olib borish niyatida ekanligini ta’kidlagan.

    29.12.2023, 18:05   Izoh (0)   23902
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jerar Depardye: “O‘zbekistonga borishni sabrsizlik bilan kutyapman”

    12.10.2019, 00:29

    Jerar Depardye O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi

    11.11.2019, 14:09

    Jerar Depardye: O‘zbekistonning milliy kinematografiyani rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari tahsinga loyiq

    02.10.2021, 12:30

    Xitoyda yangi mudofaa vaziri tayinlandi 

    29.12.2023, 16:38

    2023-yilning top-10 ta eng qiziqarli multfilmlari (treyler)

    29.12.2023, 15:35

    Mashhur obrazlarini qayta tiklashda shedevr liboslar yaratgan film ijodkorlari (foto)

    29.12.2023, 13:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.