Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkentda metrodan foylanish 31-dekabr kuni bepul bo‘ladi. Bu haqda Metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, metro yo‘lovchilariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida hukumat tashabbusi bilan 2023-yil 31-dekabr sanasida Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida barcha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.
31-dekabr yakshanba — dam olish kunida metro poyezdlari harakati doimiy jadval asosida ish faoliyatini olib boradi. Ish vaqtining tugashi esa 1 (bir) soatga uzaytiriladi, ya’ni barcha metro bekatlari 31-dekabr soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, qo‘shimcha dam olish kunlarida (2023-yil 30-dekabr, 2024-yil 1-2-yanvar) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida, soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.
Izoh (0)