Qirg‘izistonda davlat va munitsipal xizmatga nomzodlarni ishga qabul qilishda ularni poligraf orqali sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Qirg‘iziston Davlat xizmati va mahalliy boshqaruv bo‘yicha davlat agentligi direktori Kudaybergen Bazarbayev ma’lum qildi.
“Shahar va davlat organlaridagi rahbarlik lavozimlariga ishga qabul qilinishidan oldin nomzodlar poligrafdan o‘tkaziladi. Bundan asosiy maqsad nomzodning korrupsiyaga moyilligini aniqlash. Poligraf davlat va munitsipal xizmatchilar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashda qo‘llaniladi va boshqaruvga vatanparvarlarni jalb qilishga ko‘mak beradi”, — dedi u.
K. Bazarbayevning so‘zlariga ko‘ra, tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish ishlari allaqachon boshlangan.
Izoh (0)