Italiyaning “Napoli” jamoasi Yevropa Superligasiga qo‘shilishga tayyor.
Yevropa Ittifoqi sudi 21-dekabr kuni Superliga foydasiga qaror chiqardi va FIFA hamda UEFA tomonidan loyihaning boshlanishiga to‘sqinlik qilinishi noqonuniy deb topildi.
ANSA nashrining xabariga ko‘ra, neapolitanlar prezidenti Aurelio de Laurentis sud qarorini mamnunlik bilan qabul qildi. Prezident Yevropaning boshqa klublari bilan maslahatlashib, loyihani yanada rivojlanishiga hissa qo‘shishga tayyorligini ma’lum qildi.
“Asrga tatigulik qaror. Shu vaqtga qadar monopolist sifatida ish olib borganlar futbol biznes ekanligini daromad oshib borishi kerakligini tushunmadi.
Agar men millionlab pullarimni sirkka sarflasam, u foyda keltirmaydigan va samarasiz bo‘lsa, buni kimga keragi bor.
Yoshlarni yo‘qotyapmiz. Bizga ko‘proq dinamika kerak”, — deydi de Laurentis.
Izoh (0)