Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qamoqqa olingan. “Daryo”ning huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbasi buni tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, u iqtisodiy jinoyatlar bilan bog‘liq ish doirasida tergov qilinmoqda. Jinoyat ishi doirasida 18-dekabr kuni ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
2022-yil avgust oyidan qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlab kelgan Aziz Voitov prezidentning tegishli qarori bilan 2023-yilning 25-oktyabrida lavozimidan olingandi. Voitovning nima sababdan lavozimdan olingani hozircha noma’lum.
Izoh (0)