Rossiyaning Sverdlov viloyatida o‘tkazilayotgan boks musobaqasida 14 yoshli bokschi vafot etdi.
Bu haqida Championat sayti ma’lum qildi. Voqea 17-dekabr kuni sodir bo‘lgan. Sverdlovda o‘tayotgan musobaqada 14 yoshli bokschi raqibidan bir necha zarbalarni o‘tkazib yuborganidan so‘ng hakam jangni to‘xtatgan va texnik nokaut qayd etgan.
Sportchi bir necha bor urinsa-da, oyoqqa tura olmagan va hushini yo‘qotgan. Tez yordam mashinasi uni olib ketayotgan vaqtda esa vafot etgan.
“Bu juda qayg‘uli. Bokschining oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Federatsiya voqea holatini o‘rganmoqda. Biz barcha zarur yordamlarni ko‘rsatamiz”, — deyiladi Rossiya boks federatsiyasi bayonotida.
Izoh (0)