Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15-dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 8,97 so‘mga tushib, 12 358,03 so‘m bo‘ldi. Yevro 134,92 so‘mga ko‘tarilib, 13 475,20 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,05 so‘mga oshib, 137,59 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket olti kun ko‘tarilib, 12 367 so‘m bo‘lgandi. Rubl va yevro kursi ham oshgandi.
Izoh (0)