Dekabr oyining ikkinchi yarmida Chevrolet Cobalt, Damas, Labo avtomobillari uchun shartnoma berish boshlanadi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, shartnomalar 2024-yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan avtomobillar uchun onlayn tarzda beriladi.
Sotuv boshlanishining aniq sanasi UzAutoMotors rasmiy sahifalarida e’lon qilinishi, shartnomalar One ID identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan holda tuzilishi eslatilgan.
Avvalroq UzAutoMotors ishlab chiqarish liniyalarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari hisobiga 2023-yilda qo‘shimcha 50 000 dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati yaratilganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 3-noyabr kuni Cobalt, Gentra, Damas, Labo dilerlik markazlarida shartnoma berilgan. Sotuvlar doimgidek bir necha soatlarda avtosalonlardagi uzun navbatlar, ur-yiqit, to‘polon bilan o‘tdi.
Kompaniya so‘nggi bayonotida avtomobillar sotuvi to‘liq onlayn shaklga o‘tkazilishini maʼlum qilgandi.
Izoh (0)