• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ishoning, u hamon yaxshi ona!” — Toshkentda uch yoshli qizalog‘ini ayiq oldiga tashlab yuborgan ayolning rasmlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

    Toshkent hayvonot bog‘ida 2022-yilning yanvar oyida uch yoshli qizaloq onasi tomonidan ayiq qafasiga tashlangan, qizcha baxtli tasodif sabab yirtqichdan zarar ko‘rmay qolgan.  Qizaloqning onasi 1991-yilda tug‘ilgan Zilola To‘laganova Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlashi, turmush o‘rtog‘i Rossiyaga ketgani va ular birga yashamayotgani aytilgan. Ayol ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi ma’lum bo‘lgan. Sud ajrimi bilan ona ijtimoiy xavfli xatti-harakatini aqli noraso holatda sodir etgan, deb topilib, uning Respublika kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklari shifoxonasida majburiy davolanishi belgilangan.

    Bugun, 13-dekabr kuni Toshkent shahrida Zilola To‘laganovaning “Meni eshiting” nomli ko‘rgazmasi tashkil etilgan. Bu haqda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi axborot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi axborot xizmati

    Ko‘rgazmada Zilola To‘laganovaning turli yillarda chizgan 30 dan ziyod ijodiy ishlari, u badiiy muharrirlik qilgan 100 dan ortiq kitoblar, hayoti va ijodiga oid fotosuratlar hamda ayni paytda shifoxonada yaratgan asarlari namoyish etilgan.

    Partiya markaziy kengash raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjonovaning aytishicha, ko‘rgazmani tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ayni paytda og‘ir ruhiy holatni boshidan kechirayotgan rassom ayolni qo‘llab-quvvatlash, ijodini keng targ‘ib qilish, iqtidorini yuzaga chiqarish, taniqli san’atshunoslar, rassomlar, noshirlar, psixologlar fikrlari asosida Zilola To‘laganova haqida ijobiy fikr uyg‘otishdir.

    “Bunday fojiali holatlarning oldini olish uchun ularning oqibatlari bilan emas, insonni o‘zini boshqara olmaydigan holatga olib kelgan sabablar bilan kurashish muhim ekanini yana bir bor jamoatchilikka anglatmoqchimiz”, – dedi Feruza Muhammadjonova.

    Nima bo‘lgan edi?

    28-yanvar kuni soat 12:00 larda yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra odamlarning ko‘z oldida kichkina qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yuborgan.

    “Zuzu laqabli Kavkaz qo‘ng‘ir ayig‘i o‘z volyerida yotib olib, qizaloqni metall to‘siq ustidan otib yuborgan ayol harakatlarini kuzatdi. Mehmonlarimiz va xodimlarimizning urinishlariga qaramasdan, ayolni to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmadi. U bolani yirtqichning qafasiga otib yubordi. Zuzu ayig‘imiz sekingina zovurga tushib, qizaloqni hidlab ko‘rdi va undan uzoqlashdi”, — deyiladi xabarda.

    Holat o‘rganilib, kichkina qizaloqni ayiq volyeriga tashlab yuborgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    Keyinroq SSV yirtqich qafasiga tashlab yuborilgan qizchaning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unda aytilishicha, 2018-yilda tug‘ilgan qizchaga dastlab hayvonot bog‘i hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng u tez yordam mashinasida soat 13:30 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. Qizcha shifoxonada barcha zarur tibbiy ko‘riklardan zudlik bilan o‘tkazilgan.

    “U yengil shok holatida bo‘lgan, balandlikdan yiqilish oqibatida ochiq bosh miya jarohati va bosh miya chayqalishi kuzatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi, tibbiyot xodimlari nazoratida”, — deyiladi xabarda.

    Toshkent hayvonot bog‘i Yirtqichlar bo‘limi mudiri Nodir Bahromov bog‘da 28-yanvar kuni sodir bo‘lgan voqea yuzasidan “Daryo”ga qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etdi. Xodimning ta’kidlashicha, bu holat bog‘ tarixidagi birinchisi.

    “O‘zi erkak ayiq bu. Aslida erkak ayiq hatto o‘zining bolalari uchraganda yeb qo‘yib, o‘ldiradigan darajada bo‘ladi. Lekin Allohning marhamati deymizmi, hatto boshi qonagan holatda ham ayiq qizchaga tegmadi. Bu yerdagi xodimlar tez non va shunga o‘xshash yeguliklar bilan ayiqni chalg‘itib, uzoqlashtirdi”, — deydi Nodir Bahromov.

    Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol haqida ma’lumot berdi. O‘rganishlar davomida hodisa ishtirokchilari 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro Z.T. va uning 2018-yilda tug‘ilgan qizi Z.A. ekani aniqlangan. Z.T. ismli ayol hozirga qadar o‘z otasi, fuqaro Y.T.ga tegishli xonadonda 2 nafar farzandi bilan yashab kelgan. Ayol bilan suhbat davomida uning Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlashi, ayni vaqtda Rossiya davlatiga ketgan turmush o‘rtog‘i N.K. bilan hozirda birga yashamayotgani sababli ruhiy tushkunlikka tushib qolgani ma’lum bo‘lgan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda esa Toshkent hayvonot bog‘ida ayol kichkina qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yuborgani aks etgan videolavha tarqaldi.

    Keyinchalik ayiq qafasidan olib chiqilgan qizaloq 18 yoshga to‘lguncha Bolalar milliy tibbiyot markazining doimiy nazoratida bo‘lishi xabar qilindi. Ayiq qafasidan omon qolgan qiz shifoxonadan uyiga qaytgan.

    Mavzuga doir: “Zuzuni ko‘rgani kelayotganlar ko‘paydi”. Qizchaga zarar yetkazmagani ortidan mashhur bo‘lgan ayiq haqida

    13.12.2023, 23:05   Izoh (0)   19427
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent hayvonot bog‘i ma’muriyati qafasga tashlab yuborilgan qizchaga tegmagan ayiqni ochiq tabiatga qo‘yib yuborish taklifiga munosabat bildirdi

    04.02.2022, 10:02

    Toshkentda ayiq qafasidan omon qolgan qiz shifoxonadan uyiga qaytdi. Tergov ishlari davom etmoqda

    21.02.2022, 17:45

    Toshkentda qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol javobgarlikdan ozod etildi

    18.04.2022, 18:48

    UzAutoMotors Cobalt, Damas va Labo sotuvi qachon boshlanishini maʼlum qildi 

    13.12.2023, 22:50

    O‘zbekistonliklar Belarusga ishga taklif etilmoqda. Maosh 720 dollar

    13.12.2023, 22:27

    O‘zbekistonda paxta xomashyosini sotish va sotib olish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

    13.12.2023, 21:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08

    Isroil falastinliklarni G‘azo janubiga majburan ko‘chirishga tayyorgarlik boshladi

    Dunyo | 17 avgust, 17:40

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 17:10

    Navbatdagi “derbi” va ko‘p yillik tanaffusdan keyingi g‘alaba: “Navbahor” va “Neftchi” o‘yinidan fotogalereya

    Futbol | 17 avgust, 17:05

    Uchta “respublikachi shtat” poytaxt Vashingtonga qo‘shin yuboradi

    Dunyo | 17 avgust, 16:55

    Hindiston Fransiyadan yana 114 ta Rafale samolyotini sotib oladi

    Dunyo | 17 avgust, 16:25

    Kameralardan yiroqda: oddiy hayot kechirish uchun kinoni tark etgan 5 aktyor

    Kino | 17 avgust, 15:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.