Turkmenistan Airlines 15-dekabrdan boshlab Ashxobod-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklaydi.
Avgust oyida Rossiya poytaxtiga dronlar hujumi sodir etilgani haqidagi xabarlar tufayli xavfsizlik nuqtayi nazaridan ushbu parvoz to‘xtatilgan edi.
O‘shanda kompaniyaning press-relizida bu chora “Moskva havo zonasidagi vaziyat munosabati bilan, shuningdek, parvozlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida xavflarni baholash asosida” ko‘rilgani aytilgan.
Moskvadan Turkmaniston poytaxtiga barcha reyslar boshqa yo‘nalish: Qozon—Ashxobodga (Tatariston, Rossiya) o‘tkazilgan.
Izoh (0)