• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Rossiya va Eron G‘arbdan uzilib, Osiyo tomon yuzlanmoqda” — ekspertlar

    Joriy yilning 6–7-dekabr kunlari xorijiy safarlarga juda kam chiqayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Saudiya Arabistoniga amaliy tashrif bilan bordi. Rossiya prezidenti 2 kunlik safar davomida BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan ko‘rishib, bir qancha masalalar yuzasidan muloqot olib bordi. Bundan tashqari, 7-dekabr kuni Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Rossiya rahbari bilan uchrashish uchun Moskvaga keldi.

    “Daryo” yuqoridagi mavzu yuzasidan iqtisodiy tahlilchi Shuhrat Rasul va siyosatshunos Farhod Karimov bilan suhbatlashdi.

    — Rossiya prezidenti yil boshidan buyon juda kam xorijiy safarlarga chiqayotgan edi. Mana shunday vaziyatda Putin nima uchun BAAga bordi?

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    — Putinning BAA va Saudiya Arabistoniga kutilmaganda tashrif buyurishini hech kim kutmagan edi. Hozirda Birlashgan Arab Amirliklarida BMT boshchiligida 12 kunlik ekologiya bo‘yicha sammit bo‘lib o‘tmoqda. Putin rasman yoki formal ko‘rinishda BAAga borgan bo‘lishi mumkin.

    Rossiya prezidenti alohida BAA prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ertasi kuni esa Vladimir Putin Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Bir necha kundan buyon Rossiya matbuoti “biz xalqaro izolyatsiyada emasmiz, Rossiyani barcha kutadi. Ko‘p qutbli dunyoda Rossiya alohida bir qutb”, degan mazmundagi axborot tarqatmoqda. Nega bunday axborot tarqatildi? Sababi Vladimir Putin BAAga ketishdan oldin prezidentlik saylovida ishtirok etishini ma’lum qilgandi.

    Farhod Karimov, siyosatshunos:

    — Bugun XX asrda katta-katta davlatlar tomonidan qoldirib ketgan muammoli hududlarda nizolar kelib chiqmoqda. Misol uchun, bunday nizolar Ukraina, Falastin va Janubiy Amerikada sodir bo‘lmoqda. Mana shu jarayonda buyuk davlatlar o‘rtasida o‘zaro kurash kechmoqda. Rossiya Ukraina urushi oqibatida qiyin bir vaziyatga tushib qoldi. Ko‘plab dunyo mamlakatlari Rossiyani ham iqtisodiy, ham siyosiy izolyatsiyaga olishdi. Lekin oxirgi voqealarga eʼtibor bersak, Yevropa Ukraina urushidan charchaganini bilishimiz mumkin. Ukraina urushi nima bilan tugashini kutib turgan mamlakatlar endi faollashuvni boshladi. Yaʼni Rossiya bilan to‘xtatib qo‘yilgan munosabatlar qayta jonlantirildi. Rossiya ham “biz yakkalanib qolganimiz yo‘q, bizning o‘rnimiz bor”, degan maʼnoda harakat qilmoqda. Nazarimda, shuning uchun Putin BAA rahbarining taklifini tezda qabul qilib, tashrifni amalga oshirdi. Bu bilan BAA hukumati “biz faqatgina G‘arbga bog‘lanib qolgan mamlakat emasmiz”, demoqchi.

    Siyosatshunos Farhod Karimov
    Foto: “Daryo”

    BMT Birlashgan Arab Amirligi hukumatiga Rossiya prezidentini mamlakatga chaqirgani uchun eʼtiroz bildirdi. Biroq BAA hukumati bunga rasmiy javob bermadi. Qolaversa, Fors ko‘rfazidagi arab mamlakatlari alohida qutb shakllantirishga harakat qilmoqda. Putinning BAA va Saudiyaga qilingan tashrifi bir-birini to‘ldiradi. Shuning uchun men BAA va Saudiyaga qilingan safar faqat bir maqsadni ko‘zlab amalga oshirilgan deb hisoblayman.

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    — Fors ko‘rfazida de-fakto lider davlat mavjud. Bu mamlakat Saudiya hisoblanadi. Shu vaqtga qadar Saudiya Arabistoni AQSHga iqtisodiy va siyosiy masalalarda yaqin hamkor edi. Bu yerda Qo‘shma Shtatlarning beshinchi harbiy floti va harbiy bazasi joylashgan. Sovet davridan beri geosiyosiy jihatdan bu hudud G‘arb va Amerikaga tegishli bo‘lgan. 2015-yilda Saudiya qiroli Abdulloh al Saud vafot etdi va taxtga uning ukasi Salmon bin Abdulaziz chiqdi. Saudiya Arabistonida taxt otadan o‘g‘ilga emas, balki akadan ukaga o‘tadi. Bu anʼana 100 yildan buyon davom etadi. Biroq qirol Salmon bin Abdulaziz 2021-yilda bu anʼanani buzib, taxtni o‘g‘li Muhammad bin Salmonga berdi. Shahzoda esa faqat Qo‘shma Shtatlarga qaratilgan tashqi siyosatdan voz kechib, ko‘p vektorli tashqi siyosat yurita boshladi. Shu sababdan hozir Saudiya ham Xitoy bilan, ham Rossiya bilan muloqot qilmoqda.

    — Rossiyaning BAA va Saudiya Arabistonida qanday iqtisodiy va siyosiy manfaatlari mavjud?

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    — Rossiyaning BAA va Saudiya bilan o‘zaro mahsulot aylanmasiga qarasak, bu ko‘rsatkich unchalik ham katta emas. Masalan, 2022-yil hisob-kitoblariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni bilan Rossiya o‘rtasidagi mahsulot aylanmasining hajmi 1 milliard dollarga yetmagan. Rossiya asosan Saudiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiladi. Ikki davlat o‘rtasida juda katta iqtisodiy aloqalar mavjud emas. Shuning uchun Putin Saudiyaga iqtisodiy muammolarni yechish uchun keldi, deyish biroz noto‘g‘ri.

    Iqtisodiy tahlilchi Shuhrat Rasul
    Foto: “Daryo”

    Lekin Rossiya va BAA o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi qariyb 67 foizga oshgan. G‘arb BAAni Rossiyaga sanksiyalarni aylanib o‘tishga yordam berayotganini taʼkidlamoqda. Biroq shundan keyin BAA hukumati Rossiyaga yordam bermaslik borasida G‘arbga vaʼda berdi. Shunday bo‘lsa-da, Rossiya va BAA o‘rtasidagi savdo aylanmasi 9 milliardni tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkich hali o‘sishi mumkin. Mana shu maʼnoda Rossiya BAA va Saudiya bilan savdo aloqalarni rivojlantirishni maqsad qilgan emas. Chunki bu mamlakatlarga Rossiyaning sotadigan mahsuloti yo‘q.

    Farhod Karimov, siyosatshunos:

    — Rossiya biznesmenlariga sanksiyalar joriy qilingach, ular o‘z bizneslarini Dubay shahriga ko‘chirishdi. BAA va Saudiya juda ko‘plab xalqaro normativlarni qabul qilmagan. Biznes borasida ham BAA xalqaro iqtisodiy sanksiyalarga qo‘shilmaydi. Shuning uchun Rossiya BAA orqali ayrim iqtisodiy sanksiyalarni chetlab o‘tmoqda. Mana shu nuqtayi nazardan BAA Rossiya uchun muhim. Shuningdek, neft masalasida ham BAA va Saudiya Rossiyaga zarur. Sababi OPEK tashkilotida asosiy rolni aynan Saudiya va BAA o‘ynaydi. Yaʼni ular dunyodagi neft narxiga taʼsir o‘tkaza oladi.

    — 7-dekabr kuni Eron prezidenti Moskvaga bordi. Ibrohim Raisiy Putin bilan qanday masalalarni muhokama qilgan bo‘lishi mumkin?

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    — Hozir ko‘pchilikda “Rossiya va Eron kuchli tarzda rivojlanib ketmoqda”, degan fikr mavjud. Bu asosan rus propagandasi asosida vujudga kelgan. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarga nazar tashlasak, 2022-yilda Rossiya va Eron o‘rtasidagi mahsulot aylanmasi 5 milliardga yetar-yetmas. Bu O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mahsulot aylanmasidan ikki barobar kam. Menimcha, Rossiya prezidenti Eron rahbari bilan iqtisodiy masalalarni emas, balki harbiy hamkorlikni muhokama qilgan bo‘lishi mumkin. Hozir harbiy hamkorlik ikki davlat uchun juda zarur.

    Farhod Karimov, siyosatshunos:

    — Maʼlumotlarga ko‘ra, Vladimir Putin va Ibrohim Raisiy yopiq eshiklar ortida 5 soat muloqot qilgan. Buni qarangki, muzokarada asosan harbiy vazirlar ishtirok etgan. Demak, Putin va Raisiy asosan siyosiy hamda harbiy masalalarda muloqot olib borgan. Kreml ham ikki o‘rtada Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyat muhokama qilinganini taʼkidladi. Bundan tashqari, o‘sha kuni Rossiya prezidenti Ommon valiahd shahzodasi bilan uchrashdi. Putin 3 kun ichida shuncha arab davlatlarining rahbarlari bilan ko‘rishdi. Buni turlicha talqin qilish mumkin.

    Bugun Rossiyaga ham, Eronga ham iqtisodiy hamkorlikdan ko‘ra, harbiy hamkorlik zarurroq. Agar eʼtibor bersangiz, Putin kutilmaganda BAA va Saudiyaga borganidan so‘ng, Eron prezidenti ham kutilmaganda Moskvaga bordi.

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    — Farhodbek to‘g‘ri taʼkidladi. Rossiya Ukrainaga urush boshlab, Yevropa bilan aloqalarni uzdi. Endi Rossiya Ukraina urushi to‘xtaganida ham Yevropa bilan aloqalarni yaxshilamaydi. 2018-yilgacha Rossiya va Yevropa o‘rtasidagi savdo aylanmasi 600 milliard yevroni tashkil qilgan. Hozir bu savdo aylanmasi yo‘q. Shuning uchun hozir Rossiya asosan Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

    Farhod Karimov, siyosatshunos:

    — Shuhrat akaning fikrlarini to‘ldirsam. Rossiyadagi burilish Eronda ham yuz berdi. 2018-yilda Eron G‘arbdan o‘zining so‘nggi umidini uzdi. Chunki 2018-yilda AQSH, Rossiya va Eron o‘rtasidagi yadro shartnomasidan Qo‘shma Shtatlar chiqib ketdi. Shundan keyin Eron Osiyo tomon yuzlandi. Va Eron o‘ziga yaqin hamkor sifatida faqat Rossiyani ko‘rmoqda. Mening nazarimda, yaqin va uzoq istiqbolda G‘arb Eron uchun asosiy hamkor bo‘lmaydi. Sababi Eron G‘arbdan o‘zining so‘nggi umidlarini uzgan.

    Sardor Ali suhbatlashdi

    11.12.2023, 20:00   Izoh (0)   9467
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Putinni Abu-Dabigacha raketalar bilan qurollangan samolyotlar kuzatib qo‘ydi (video) 

    06.12.2023, 17:57

    Blinken: “Rossiya Ukraina bilan mojaroga NATOni ham tortishi mumkin”

    11.12.2023, 17:02

    Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlarida ham prezidentlik saylovlari o‘tkazadi

    11.12.2023, 17:48

    Borrell: “Yevrokomissiya Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini ishlab chiqdi”

    11.12.2023, 19:53

    AQSHda kana orqali yuqadigan o‘ta xavfli kasallik aniqlandi

    11.12.2023, 19:36

    AQSH Isroildan G‘azodagi urushni yil oxirigacha tugatishni so‘radi — The Economist

    11.12.2023, 19:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Instagram: Abduqodir Husanov to‘yi yulduzlarni jamladi, Milena Madmusayeva yangi mashinali bo‘ldi, Munisa Rizayevaga 10 ming dollarlik soat sovg‘a qilishdi

    Shou-biznes | 30 may, 09:48

    HAMAS rasman AQSHning o‘t ochishni to‘xtatish rejasini rad etdi

    Dunyo | 30 may, 09:37

    Aktyor bo‘lmaganda, film ham bo‘lmasdi: Gollivud yulduzlari uchun maxsus yaratilgan rollar

    Madaniyat | 30 may, 09:26

    Xorazmda O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi boshlig‘i 10 ming dollar olayotganida ushlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 09:15

    Eron Kubogi. “Istiqlol” “Malavan”ni mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi. Masharipov zaxirada qoldirildi (video)

    Sport | 30 may, 08:48

    Rossiya Eron dronlarini oltin quymasida sotib olgan — OAV

    Dunyo | 30 may, 08:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.