• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Jadidchilik Turkistonning umumharakatidir” — Toshkentda xalqaro jadidchilik anjumani o‘tkazilmoqda

    Toshkent shahrida “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda o‘zbekistonlik hamda dunyoning o‘nlab mamlakatlaridan kelgan taniqli olimlar, tarix sohasi vakillari ishtirok etyapti.

    Muloqotlarda jadidchilik harakatini tadqiq etishdagi yangi natijalar, harakatning milliy davlatchilik shakllanishi, maʼrifat va noshirlik sohasiga qo‘shgan hissasi, ilmiy-madaniy merosi tahlil etilmoqda. “Daryo” muxbiri anjumanda ishtirok etayotgan jadidshunoslardan intervyu oldi.

    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Amerikalik tarixchi Adib Xalidning aytishicha, jadidlar ko‘targan ko‘plab masalalar hamon dolzarb.

     
    Adib Xalid
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    “Tarixda aksariyat musulmon jamiyatlari mustamlaka qilingan. Markaziy Osiyo ulardan biri edi. O‘shanda musulmon ziyolilari nima qilmoq kerak, degan savolga javob berishga intilgan. Markaziy Osiyoda zamonaviy milliy o‘zlikni shakllantirishda jadidlar o‘ta muhim rol o‘ynagan. Va mening ilmiy ishlarimning deyarli katta qismi shu masalalarga bag‘ishlangan.

    Muhim masalalardan biri jadidchilikning mustamlakachilik va zamonaviy taʼlim uchun kurash sharoitida vujudga kelganida. Bugun esa O‘zbekiston suveren davlat. Mustamlakachilik muammo emas, taʼlim ham. Chunki O‘zbekistonda umumxalq taʼlimi mavjud. Shunday qilib, bu savollarga o‘rin yo‘q. Lekin menimcha, islom va zamonaviylik o‘rtasidagi uyg‘unlik masalasi hamon dolzarbligicha qolmoqda. Jadidlar hech qanday tarzda islomga qarshi emas edilar. Ular islomni modernizatsiya qilishni, uni taraqqiyot va zamonaviylik g‘oyalariga moslashtirishni maqsad qilganlar”, — dedi tarixchi.

    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karim anjuman jadidchilikni o‘rganishda yangi masalalar ko‘tarilayotgani bilan ham ahamiyatli ekanini aytdi.

    Bahodir Karim
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov
    Bir zamonlar bo‘ldiki, jadidchilikning ijtimoiy-siyosiy, davlatchilik jihatlari muhokama qilinmadi. Vaholanki, 72 kun umr ko‘rgan Turkiston muxtoriyati tarixdagi eng katta, eng go‘zal hodisadir. Va ayni damda eng fojiali, qonga botirilgan hodisa ham. O‘shandan keyin Cho‘lpon “Buzilgan o‘lkaga”, deb sheʼr yozdi. Keyin shoirning “Ey, go‘zal Turkiston senga ne bo‘ldi”, “Ey, go‘zal Farg‘ona qonli ko‘ylagingdan aylanay” degan satrlari yozildi. Lekin Cho‘lpon aynan mana shu sheʼrining oxirini bir umid bilan yakunlangan. Yaʼni bu mamlakatda kelajakda oydin, go‘zal kunlar bo‘ladi degan maʼnodagi fikrlari bor. Ana shu umidli kunlarda biz yashayapmiz, — dedi adabiyotshunos.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Turkiyaning Gazi universiteti professori Ahmet Bijan Erjilasun jadidchilikning yakdil tushunish zarurligi haqida gapirdi.

    Ahmet Bijan Erjilasun
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov
    “Jadidchilik harakati O‘zbekistonda, Qozog‘iston, Turkiya, Germaniya, Yaponiyada, Amerikada, dunyoning ko‘plab nuqtalarida o‘rganilmoqda. Aytishim kerak, jadidchilik Turkistonning umum harakatidir. Bunda yolg‘izgina o‘zbek jadidchilarini emas, qozoq, qirim, ural jadidchilarini ham birga o‘ylash kerak”, — dedi anjuman ishtirokchisi.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Boltaboyevning taʼkidlashicha, jadidlar ilgari surgan g‘oyalar hali to‘liq amalga oshmagan.

    Hamidulla Boltaboyev
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    “Jadidlar oldiga 9 ta asosiy yo‘nalishni qo‘ygan. Ular ichida birinchisi, istiqlol edi. Istiqlolga 32 yil avval erishdik. Keyingi masala, o‘zlikni tanish va dunyoga tanishtirish bo‘lgan. Bu 1-2 yil yoki islohot bilan amalga oshadigan hodisa emas. Shuning uchun ular qo‘ygan muhim masalalardan biri shu. Yoki bo‘lmasa o‘zbek tilini dunyo miqyosida joriylanishi ham muhim yo‘nalish sifatida ko‘rilgan. Jadidlar Alisher Navoiy darajasidagi yozuvchilar yetishib chiqishini orzu qilishgan. Shuning uchun ham Qodiriy, Behbudiy, Fitrat, Cho‘lponlar ulug‘ va go‘zal asarlar yozib qoldirdi. Nazarimda, jadidlar boshlab bergan yo‘l davom etadi. Ularning ulug‘vor va ezgu niyatlari bir kun kelib to‘liq amalga oshadi”, — dedi olim.

    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Turkolog, Yaponiyaning Tokio universiteti professori Hisao Komatsu ilk bor Abdurauf Fitratning “Munozara” asarini juda taʼsirlanib o‘qiganini aytdi.

    Hisao Komatsu
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov
    “Keyin Fitratning faoliyati hamda boshqa yozgan asarlarini o‘qish va o‘rganishga qiziqishim ortdi. Yaponiyada mendan avval hech bir odam jadidchilik harakati haqida kitob yozmagan. 2018-yilda Yaponiyada jadidlar to‘g‘risida kitobim nashrdan chiqdi. Monografiyamda Abdurauf Fitrat, Behbudiy, Cho‘lpon, Munavvar qori kabi jadidchilik namoyondalari xususida maʼlumot berilgan”, — dedi tadqiqotchi.

    Maʼlum qilinishicha, tadbirning ikkinchi kunida davra suhbati o‘tkazish rejalashtirilgan. Muloqot keng jamoatchilik uchun ochiq bo‘ladi. Uchrashuvda olimlar Temur Xo‘jao‘g‘li, Adib Xalid, Hisao Komatsu, Zaynobiddin Abdurashidov va dunyoga mashhur tarixiy seriallar muallifi Mehmet Bo‘zdog‘ ishtirok etadi.

    11.12.2023, 21:23   Izoh (0)   10367
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Jadidchilik ham maorif, ham davlatchilik va so‘z erkinligi edi”. Xorijlik jadidshunos olimlar bilan suhbat

    10.12.2023, 18:10

    “Alifbo masalasiga qatʼiy nuqta qo‘yishimiz zarur” — Saida Mirziyoyeva 

    11.12.2023, 16:46

    Prezidentning “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrigi e’lon qilindi

    11.12.2023, 18:45

    O‘zbekistonda o‘n oyda qancha oila ajrashgani ochiqlandi

    11.12.2023, 20:53

    Toshkentda giyohvand moddalar va kuchli taʼsir qiluvchi dorilarni noqonuniy saqlayotganlar ushlandi

    11.12.2023, 20:20

    Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston prezidenti yordamchisi bilan uchrashdi (foto)

    11.12.2023, 20:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.