Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatidagi Al-Umar neft koni yaqinida joylashgan AQSH harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika harbiy obyektida bir necha kuchli portlashlar eshitilgan.
Avvalroq AQSHning Hasaka viloyati janubidagi Al-Jabsa neft koni yaqinidagi joylashgan yana bir harbiy bazasi raketa zarbalariga uchragan edi.

Harbiy nishonlarga qilingan hujumlar uchun javobgarlikni “Iroq islomiy qarshilik harakati” o‘z zimmasiga oldi.
23-noyabr kuni Iroq va Suriyadagi Amerika qo‘shinlariga raketalar va jangovar dronlar yordamida to‘rt marta hujum uyushtirilgani xabar berilgandi.
Izoh (0)