Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 16-turida “Tottenhem” 10-dekabr, yakshanba kuni “Nyukasl”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 26-daqiqasida Destini Udoji hisobni ochdi. 38-daqiqada Risharlison “shporlar”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Birinchi bo‘lim 2:0 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda Risharlison dubl qayd etdi. Braziliyalik futbolchi qanotdan uzatib berilgan to‘pni o‘ziga o‘nglab olib, darvozani ishg‘ol qildi. 85-daqiqada Son Hyon Min penaltini aniq amalga oshirib, hisobni yanada yiriklashtirdi. 90+1-daqiqada Joelinton hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa o‘yin 4:1 hisobida londonliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
APL
16-tur
10-dekabr, yakshanba
“Tottenhem” — “Nyukasl” 4:1
Gollar: 1:0 – 26 Udoji, 2:0 – 38 Risharlison, 3:0 – 60 Risharlison, 4:0 – 85 Son Hyon Min (penalti), 4:1 – 90 Joelinton.
“Tottenhem”: Vikario, Porro, Devis, Romero, Udoji, Bissuma (Xil, 86), Kulusevski, Sarr (Hyoyberg, 73), Son Hyon Min (Donli, 90), Jonson (Skipp, 86), Risharlison (Lo Chelso, 73).
“Nyukasl”: Dubravka, Trippyer (Kraft, 86), Sher, Lassels, Livramento (Xoll, 74), Bruno Gimaraes, Mayli, Almiron (Longstaff, 64), Joelinton, Gordon (Ritchi, 74), Isak (Uilson, 64).
Ogohlantirishlar: Lassels (59), Joelinton (69), Romero (80), Trippyer (83).
Izoh (0)