Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 16-turida “Real” 9-dekabr, shanba kuni “Betis”ga qarshi bahs olib bordi.
Birinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda madridliklar hisobni ochdi. 53-daqiqada Jud Bellinghem o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 66-daqiqada Aitor Rubial ajoyib gol bilan muvozanatni tikladi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va uchrashuv durang natija bilan yakunlandi.
Karlo Anchelotti shogirdlari ushbu durangdan so‘ng 39 ochko bilan 1-o‘rinda qoldi.
La Liga
16-tur bahsi
9-dekabr, shanba
“Betis” – “Real” 1:1
Gollar: 0:1 – 53 Bellinghem, 1:1 – 66 Ruibal.
“Betis”: Ruy Silva, Ruibal, Pesselya, Riad, Abner, Isko, Roka, Altimira (Guardado, 70), Peres (Luis Enrike, 83), Ezzalzuli (Diao, 61), Villian Joze.
“Real Madrid”: Lunin, Alaba, Ryudiger, Mendi, Modrich (Sebalyos, 70), Kroos (Pas, 83), Valverde, Braim Dias (Xoselu, 79), Bellinghem, Vaskes (Nacho, 83), Rodrigo.
Ogohlantirishlar: Ruibal (78), Peres (82), Sebalyos (90).
Izoh (0)