Namangan viloyatida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan yigit o‘z uyidan mashinani yashirincha olib qochgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan yo‘llarda baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida targ‘ibot va reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Biroq ayrim fuqarolar ogohlantirishlarga qaramasdan qoidalarga bepisand nazar bilan qaramoqda.
Shu kabi reyd tadbirlaridan birida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan yigit mashina boshqarib ketayotgani aniqlandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mashinani o‘z uyidan yashirincha olib chiqqan.
“Xulosa qildim. Menga oqibatlari tushuntirildi”, — deydi yigit.
Holat yuzasidan fuqaroning oila aʼzolari bilan suhbat o‘tkazildi va maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Izoh (0)