Jizzax viloyatida tergov va sud organlaridan yashiringan 17 kishi ushlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Maʼlum qilinishicha, Jizzax viloyatida “Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida ijtimoiy muhitga salbiy taʼsirini o‘tkazishga urinayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi doirasida 3 nafar shaxs qo‘lga olinib, 12 nafar shaxsga jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shuningdek, jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashiringan 17 nafar shaxs ushlandi. Xuddi shunday viloyat hududida tezkor vaziyatga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi, jinoyat sodir etishga moyil 20 nafar shaxsning yashash manzillarida maxsus profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Natijada noqonuniy buyum va ashyolarni saqlab kelgan 10 nafar shaxs aniqlandi.
Izoh (0)