Ozarbayjonning amaldagi prezidenti Ilhom Aliyevning farmoyishiga ko‘ra, mamlakatda 2024-yil 7-fevralda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi.
Ozarbayjon Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Ozarbayjon Respublikasi prezidenti saylovini 2024-yil 7-fevralga tayinlashni va uning Ozarbayjon Respublikasi Saylov kodeksida belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlasin, — deyiladi davlat rahbari farmonida.
Mamlakatda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2025-yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Saylovni oldinga surish sabablari haqida ma’lumot berilmagan. Ozarbayjon qonunchiligiga ko‘ra, respublika prezidenti yetti yil muddatga saylanadi. Ozarbayjonda so‘nggi prezidentlik saylovlari 2018-yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan.
Avvalroq Rossiyada prezidentlik saylovi o‘tkaziladigan sana belgilangani haqida xabar berilgandi. Rossiyada navbatdagi prezidentlik saylovi 2024-yil 17-martda bo‘lib o‘tadi.
Vladimir Putin 2024-yilgi saylovlarda ishtirok etishini hali rasman e’lon qilmagan.
Izoh (0)