Joriy yilning bahorida tashkil topgan klub Turmaniston chempionatida g‘alaba qozondi.
“Arkadag” turnir tugashiga 4 tur qolgan muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi. Jamoa 20 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 60 ochko jamg‘ardi. 70 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 14 bora o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan. Ikkinchi o‘rindagi “Altin Asir” jamoasida 44 ochko mavjud.
“Arkadag” — Turkmanistonning sobiq prezidenti, hozirda Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov nomi bilan atalgan shaharning klubi hisoblanadi.
BBC nashrining xabariga ko‘ra, klubning libosi va logotipi dizayni bo‘yicha shaxsan Berdimuhamedovning o‘zi shug‘ullangan. Mavsum avvalida jamoa liganing eng kuchli futbolchilari bilan shartnoma imzolagan edi.
Izoh (0)