Braziliyalik futbolchi Dani Alves 12 yilga qamalishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” va Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi 2022-yil dekabr oyida Barselonadagi tungi klubda notanish ayolga jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda ayblangan va hibsga olingan. 14-noyabr kuni sud tergovni yakunlagani ma’lum bo‘ldi. Prokuratura futbolchiga 9 yillik qamoq jazosini talab qilmoqda.
Biroq jabrlanuvchining advokati Alvesga 12 yillik qamoq jazosi so‘ragan, deya xabar beradi UOL. Ispaniyada bunday turdagi jinoyatlar uchun eng uzoq muddat 12 yil hisoblanadi.
Advokatning iltimosi prokuror tavsiyasi bilan birga sudga topshiriladi. Endi Alves himoyachilarida Barselonada bo‘lib o‘tadigan sud uchun hujjatlarning yakuniy to‘plamini taqdim etishga besh ish kuni vaqti bor.
Qayd etilishicha, Alves jazo e’lon qilinganidan so‘ng berilgan muddat ikki baravarga qisqarishi uchun sudga 150 000 yevro to‘lagan. Ayblovchilar esa jazoni yengillashtiradigan bu jarimaga rozi bo‘lmayapti. Lekin bu Ispaniya adliya tizimida qonuniy va uni rad etib bo‘lmaydi.
Izoh (0)