Isroil armiyasi podpolkovnigi Rixard Xext Isroil harbiylari HAMASning 500 ta tunnelini vayron qilganini aytdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
![](/static/2023/photo_2023-12-05_18-58-52.jpg)
“Harbiy harakatlar qayta boshlanishi bilan biz butun G‘azo bo‘ylab HAMASga qarshi operatsiyalarimizni kengaytirmoqdamiz. Bizning maqsadimiz — ularning infratuzilmasi, asosan, tunnellar tarmog‘i. Hozirgacha biz 800 dan ortiq tunnel shaxtalarini topdik va ulardan 500 tasini yo‘q qildik”, — dedi Rixard Xext
U Isroil guruhining mustahkamlanish darajasi misli ko‘rilmagan ekanini aytdi.
“Biz operatsiyani amalga oshirar ekanmiz, tinch aholiga minimal zarar yetkazilishini ta’minlashga intilamiz, yerdagi askarlarimiz binodan binoga o‘tadi”, — deya da’vo qildi Isroil armiyasi vakili.