Qozog‘istonda ilk bor robot-jarroh yordamida operatsiya amalga oshirildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Bemor 58 yoshda, unga ikki tomonlama deformatsiya qiluvchi gonartroz III-IV daraja tashxisi qo‘yilgan. Bu tizza bo‘g‘imlarining shikastlanishi bilan bog‘liq kasallikdir. Bemorga mahalliy anasteziya qilingan, operatsiya paytida u og‘riqni his qilmasa ham, hushida bo‘lgan.
Shifokorlar robotlashtirilgan davolash usulini joriy etishning ijobiy va salbiy tomonlarini to‘liq baholash uchun murakkab tizza bo‘g‘imlarini almashtirish operatsiyasini robot yordamida amalga oshirgan. Bunday operatsiyaning asosiy maqsadi shifokor va robotning jamoaviy ishi qanchalik samarali ekanini tushunish va olingan davolanish natijasini baholashdir.
Zararlangan hududning 3D skanerlashi tufayli robot barcha parametrlarni matematik jihatdan benuqson hisoblab, bemorning bo‘g‘imiga implant o‘rnatish imkonini beradi. Operatsiya IT mutaxassislari tufayli kompyuter navigatsiyasi orqali amalga oshirilgan. Operatsiya ikki soatdan ortiq davom etgan va muvaffaqiyatli o‘tgan.
Izoh (0)