Toshkent shaharidagi maxsus kameralar yana bir qoidabuzarlikni qayd etishni boshladi. Bu haqda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, poytaxtda yo‘nalishli transport vositalarining harakati uchun mo‘ljallangan (A harfi chizilgan) tasmalarga sababsiz o‘tib to‘xtagan, harakatlangan, avtobuslarning harakatiga xalaqit bergan, qoldirib ketilgan transport vositalarini maxsus kameralar qayd etishni boshladi.
Qoidani buzganlarga nisbatan belgilangan tartibda jarima qo‘llanilmoqda.
Izoh (0)