Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Dubay shahriga amaliy tashrif doirasida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Kommunikatsion texnologiyalar, farmatsevtika, fan va ta’lim, sog‘liqni saqlash, an’anaviy tibbiyot va yoga sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish va qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Izoh (0)