Toshkent shahar Mirobod tumanida majburiy badal va ijara uchun undirilgan mablag‘ni o‘zlashtirgan shirkat aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. “M.A.” uy-joy mulkdorlari shirkati sobiq rahbari O.D. ushbu shirkatga biriktirilgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholidan majburiy badal uchun undirilgan 101,1 million so‘m naqd pullarni hamda ijaraga berilgan ko‘p qavatli uylar yerto‘lasi uchun to‘lov qilingan 217 million so‘mni kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)