Sirdaryo viloyatida ham ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2023-yilning 15-dekabridan narxlar quyidagicha o‘zgaradi:
Ichimlik suvi:
- aholi uchun 1 metr kub — 2 500 so‘m (amalda 1 250 so‘m);
- budjet tashkilotlari uchun 1 metr kub — 7 000 so‘m (amalda 2 500 so‘m);
- ulgurji iste’molchilar uchun 1 metr kub — 7 000 so‘m (amalda 2 500 so‘m);
Oqova suv xizmati:
- aholi uchun 1 metr kub — 800 so‘m (amalda 530 so‘m);
- budjet tashkilotlari uchun 1 metr kub — 2 000 so‘m (amalda 1200 so‘m);
- ulgurji iste’molchilar uchun 1 metr kub — 2 000 so‘m (amalda 1200 so‘m);
Bundan avval Farg‘ona, Samarqand, Xorazm, Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlangandi.
Izoh (0)