Germaniya iqlim o‘zgarishi natijasida rivojlanayotgan mamlakatlarga yetkazilgan zararni qoplash jamg‘armasiga 100 million dollar (taxminan 91,5 million yevro) ajratadi.
Bu haqda DPA agentligi Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish vaziri Svenya Shulzega asoslanib xabar berdi.
Shulze BAAdagi COP28 sammitida ishtirok etmoqda.
Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash fondini yaratish to‘g‘risidagi qaror o‘tgan yili Sharm ash-Shayxda bo‘lib o‘tgan COP27 sammitidan so‘ng qabul qilingan.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar vakillari kelishuvni 2023-yil davomida ishlab chiqdilar. Unda zaif mamlakatlarga iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va dengiz sathining ko‘tarilishidan ko‘rilgan zararni yengishga yordam beradigan maxsus moliyaviy mexanizm yaratish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)