Namanganda qish arafasida anjir pishib yetildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida yashovchi Marhabatxon Jabborovaning xonadonida 10 tup anjir bor edi. Yil boshida ularni sovuq urib, qurib qoldi.
“Shu anjirlarimning tagidan chiqqan ko‘chatlar kuzga kelib meva tugdi. Hozir, noyabr oyining oxirida esa pishib yetildi. O‘zimizning bola-chaqa, nevaralar, qo‘ni-qo‘shnilar mazza qilib yeyishyapti. Bunaqasini endi ko‘rishim, odatda anjirlarim yozda mevaga kirardi”, — deydi Marhabatxon aya.
Jabborovlar xonadoni mahallada ilgari o‘z ismaloqlari bilan mashhur edi. Endi qish arafasida hosil bergan anjirlari bilan ham tanildi.
Izoh (0)