Shoyatbek Boboyev Andijon viloyatining Paxtaobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
U tumanga 2022-yilning oktyabridan buyon rahbarlik qilib kelgan Azizbek Latifjonov o‘rnini egalladi.
Shoyatbek Boboyev 1981-yilda Andijon viloyatining Xonobod shahrida tug‘ilgan. 2011-yilda (sirtqi) Andijon qishloq xo‘jalik institutini, 2016-yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida “Uz-koje”, “O‘zbekiston Temir yo‘llari”, “Toshkent mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatlari, Xo‘jaobod tumani hokimligi va uchta vazirlikda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining mashinasozlik (uskunasozlik) va elektrotexnika sanoati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Izoh (0)