Toshkentning Yangihayot tumanida avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi. “Toshshahartransxizmat” holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 29-noyabr kuni soat 06:50 larda 132-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi A.S boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli avtobusi Yangihayot tumani, Binokor ko‘chasi bo‘ylab “Toshkent” MFY tomonga harakatlanish uchun orqaga qayrilayotgan vaqtda, Binokor ko‘chasining qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan MAN rusumli yuk avtomobili kelib urilgan.

.jpg)
Dastabki ma’lumotga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida uch nafar avtobus yo‘lovchisi yengil tan jarohati olgan, avtobus va yuk avtomobili texnik shikastlangan.
Izoh (0)