Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropoliteni “Kosmonavtlar” bekatida yong‘in chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Metropoliten ma’muriyati bunga munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, 28-noyabr kuni “Kosmonavtlar” metro bekati yaqinida joylashgan Toshkent elektr tarmoqlariga tegishli elektr kabellarida qisqa tutashuv holati yuzaga kelgan va bu holat mas’ullar tomonidan tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida bartaraf etilgan.
Yuzaga kelgan ushbu holat metropoliten faoliyatiga ta’sir qilgani yo‘q. Metropolitenning “Kosmonavtlar” bekatida barcha qurilmalar normal holatda ishlamoqda, — deyiladi xabarda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmatining bildirishicha, “Sayilgoh” podstansiyasidan chiquvchi 35 kV kuchlanishli kabel tarmog‘i shikastlangan. Vujudga kelgan holat bartaraf etilgunga qadar iste’molchilar tо‘liq boshqa tarmoqqa о‘tkazilgan bо‘lib, hozirda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar yо‘q.
Mazkur vaziyat sabablari aniqlanmoqda.
Izoh (0)