Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonda qurilishi rejalashtirilgan AES hozir qaysi bosqichda ekanligi haqida maʼlumot berdi.
Jo‘rabek Mirzamahmudovning aytishicha, muzokaralar davom etyapti.
“Bizda MAGATEning talablariga asosan protseduralar amalga oshirilyapti. Yaʼni maydonni litsenziyalash, meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish jarayonlari ketmoqda.
So‘nggi paytlarda kichik modulli reaktorlar bo‘yicha texnologiyalar rivojlanyapti. Kelishuvga asosan shuni ham parallel ravishda tahlil qilyapmiz. Katta stansiya qurish kerakmi yoki kichik quvvatli stansiyalar qurish bo‘yicha hozir tahlillar olib borilyapti. Nafaqat Rossiya, boshqa xorijiy davlatlar tajribasi, texnologiyasi o‘rganilyapti. Shuning uchun bu borada ishni to‘xtatganimiz yo‘q. Juda katta strategik loyiha bo‘lgani uchun shoshilmasdan, barcha narsani o‘lchab, yetti marta emas, yetmish yetti marta o‘lchab, hamma narsasining hisob-kitobini, tahlilini qilgan holda prezidentimizga hisobot kirita olamiz.
Hozircha biz o‘rganish, muzokaralar olib borish, hisob-kitoblar qilish bo‘yicha ishlarni olib boryapmiz”, — dedi energetika vaziri.
Avvalroq O‘zbekiston o‘zi tabiiy gazga ehtiyoji bo‘la turib, nima uchun gaz eksport qilishi haqida izoh berilgan edi.
Izoh (0)