Isroil armiyasi G‘azodagi Al-Shifo kasalxonasi ostida aniqlangan HAMAS tunnelini namoyish qildi. Bu haqda Times of Israel xabar berdi.
Isroil harbiylarining ta’kidlashicha, Al-Shifoni nazoratlariga olishlaridan oldin ham kasalxona ostidan tunnel o‘tganini aytgan, ammo buni isbotlash uchun hujjatli dalillar bo‘lmagan. Tunnel yonida Isroil qo‘shinlari ichida qurollar bo‘lgan HAMASning pikap mashinasini aniqlaganini aytilmoqda.
Aniqlangan tunnel shaxtasi taxminan uch metr chuqurlikdan boshlanadigan spiral zinapoyaga ega va u tunnel tarmog‘ining bir qismiga yetguncha yana yetti metrga tushadi. Tunnel 5 metr pastlikka tushadi, keyin o‘ngga buriladi va yana 50 metr davom etadi.
Tunnel oxirida, Isroil armiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, otishmaga mo‘ljallangan portlashga qarshi eshik bor.
“Bu turdagi eshiklardan HAMAS Isroil armiyasi ularning shtab-kvartirasi va uning yerosti mulkiga kirishini to‘sib qo‘yish uchun foydalanadi”, — dedi Isroil armiyasi.
Izoh (0)