Isroil va HAMAS tashkiloti urushi fonida Jo Baydenning AQSH prezidenti sifatidagi faoliyatini amerikaliklar tomonidan ma’qullanish darajasi 40 foizga tushdi. Bu haqda NBC News milliy so‘rovi ma’lumotlarida keltirilgan.
So‘rov natijalariga ko‘ra, saylovchilarning qo‘llab-quvvatlash darajasi bo‘yicha Bayden birinchi marta AQSH sobiq prezidenti Donald Trampdan “ehtimoliy saylovoldi poygasida” ortda qolgan — ular orasidagi farq minimal bo‘lib turibdi va saylovlarga hali 11 oy bor.
Bayden pozitsiyasining kuchsizlanishi asosan demokratlar orasida kuzatilmoqda — ularning aksariyati Isroil G‘azo sektoridagi harbiy harakatlari bilan quyushqondan chiqib ketdi deb hisoblaydi, shuningdek, 18 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan saylovchilarning 70 foizi Baydenning urushga munosabati ma’qullamayapti.
Tadqiqot mualliflari fikricha, bunday natijalar amerikaliklar tomonidan Jo Baydenning tashqi siyosati, birinchi navbatda, uning HAMAS tashkilotiga qarshi urushda Isroil harakatlariga nisbatan pozitsiyasi past darajada ma’qullanishi bilan bog‘liq. Respondentlar atigi 33 foizi Jo Bayden ma’muriyatining tashqi siyosatini ijobiy baholagan.
Izoh (0)