• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Dok-1 Maks” bo‘yicha sudlanayotgan Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari sudlanuvchilarning hech birida ayb yo‘qligi, 65 nafar bola o‘limiga tizim aybdorligini aytmoqda

    O‘zbekistonda eng kamida 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi ekani aytilayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha asosiy aybdorlardan biri sifatida sudlanayotgan Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari S.K. gumonlanuvchilarning hech birida ayb yo‘qligini aytmoqda. Bu haqda u sud majlisida gapirib o‘tdi, deya xabar berdi “Daryo” jurnalisti. 

    Foto: “Daryo”

    Sobiq rahbar bu haqida unga savol bergan jabrlanuvchi, Mahbuba Usmonovaga gapirib berdi. 

    Sud tergovi qanday fikrda ekanini bilmadim-u, men bu yerda o‘tirgan sudlanuvchilarni o‘sha paytdagi rahbar sifatida aybdor deb hisoblamayman. Hammasi o‘z ishini qilgan. Ya’ni farmakopiyadagi xodim ham xalqaro standart asosida dorini tasdiqlagan. Bu (“Dok-1 Maks” siropining qayta ro‘yxatdan o‘tishi nazarda tutilmoqda) 2012-yilda ham shu xalqaro standart bo‘yicha tasdiqlangan. 2017-yilda ham xuddi shunday tasdiqlangan. Yo‘q, hozir sen va shu yerda o‘tirganlar aybdorsan deyilsa, unda bu dorini 2012-yilda, 2017-yilda ro‘yxatdan o‘tkazganlar ham (“Dok-1 Maks” siropi dastlab O‘zbekistonga 2012-yilda kirib kelgan) javob berishi kerak bo‘ladi. 2012-yilda bu dorini tasdiqlagan rahbar ham, xodim ham boshqa bo‘lgan. 2017-yilda ham xuddi shunday. Ammo ular va biz bitta xalqaro standart bo‘yicha dorini tasdiqlaganmiz, — dedi bu haqda gapirgan sudlanuvchi. 

    Sudlanuvchining bu gapidan kelib chiqib savol bergan jabrlanuvchi Mahbuba Usmonova “Dorida zahar borligi keyin aniqlandi-ku, nega shuni o‘z vaqtida tekshirib ko‘rmadilaringiz? Bunchalik loqaydlikka yo‘l qo‘ydilaringiz?”, deya savol berdi. 

    Foto: “Daryo”
    O‘zbekistonda yiliga mingdan ortiq dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Shu sabab mana bu dorini mana bu tartib bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazasan, deya xalqaro standart qabul qilingan. Farmakopiyaning xalqaro standartini biznikilar ham (O‘zbekiston ham deyilmoqda — tahririyat izohi) qabul qilishgan. Lekin u yerdagi xatoni oladigan bo‘lsangiz, boshiga, 90-yillarga qaytib farmakopiyani tasdiqlagan, Britaniyada o‘tirgan fan doktorini bu yoqqa olib kelib qo‘yib, nega sen o‘sha paytda bunday xato qilgansan, deyishimiz kerak bo‘ladi, — dedi sudlanuvchi. 

    Farmatsevtika agentligining sobiq rahbariga ko‘ra, u va uning sudlanayotgan jamoasi O‘zbekiston farmatsevtikasida ko‘p yangiliklarni amalga oshirgan. 

    O‘z vaqtida davlat rahbariga kirib, “Hurmatli prezident inspeksion tekshiruv tartibini majburiy qilaylik, chet elliklarga ishonmaylik, o‘zimiz qilaylik deb”, inspeksion tekshiruv tartibini yo‘lga qo‘ydik. Shaxsan men o‘z ishimga sovuqqonlik qildim deb o‘ylamayman. Nimadir qilolmay qolgandirman, ammo bu ishimga sovuqqonlik emas. Shu yerda o‘tirgan ommaviy axborot vositalari hamda jabrlanuvchilarga aytmoqchimanki, sudlanayotganlar qasddan shu xatoni qilgan deyish xato, — dedi sudlanuvchi sobiq rahbar.

    Eslatib o‘tamiz, “Dok-1 Maks” sudi majlislarida qatnashib so‘z olgan bir nechta sudlanuvchi va mutaxassis guvohlar “Dok-1 Maks” siropi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan paytda ham xalqaro standart asosida tekshiruvdan o‘tkazilganini, shu sabab sirop tarkibidagi zaharli modda aniqlanmaganini bildirgandi. Ularning aytishicha, nafaqat “Dok-1 Maks” tarkibi, O‘zbekistonga kirib kelayotgan boshqa dorilar tarkibi ham xalqaro standart asosida tekshirilsa, undagi zaharli moddani aniqlab bo‘lmaydi. Qachonki, qo‘shimcha tekshiruv qilinsa, zaharli dorining O‘zbekistonga kirib kelishiga to‘sqinlik qilish mumkin.

    20.11.2023, 22:47   Izoh (0)   41012
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Jabrdiyda onalarni ko‘rib yig‘ladim, vafot etgan bolalarning bittasi meni ham farzandim bo‘lishi mumkin edi” — Doniyor G‘aniyev “Dok-1 Maks” voqeasidan keyin siyo...

    14.11.2023, 16:27

    “Dok-1 Maks”dan vafot etgan 65 nafar bolaning qabri ochilmaydigan bo‘ldi. Sud advokatning bu haqdagi so‘rovini rad etganini bildirdi

    14.11.2023, 17:14

    “Sen iflosni deb, 11 oydan beri mana shu yerda o‘tiribman”. Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari ochiqdagi hamkasbiga jinoyat ishi ochilishini so‘radi 

    16.11.2023, 09:26

    “Dok-1 Maks” sudida 33 ming dollar oldi-berdisida vositachi bo‘lgan sudlanuvchiga qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish so‘raldi

    16.11.2023, 12:32

    “15 kiloli qizim shishib, 50 kilo vazn oldi, og‘zidan yiring kelib vafot etdi”. “Dok-1 Maks” sudida jabrlanuvchi bolasi o‘limini yodga oldi

    16.11.2023, 18:21

    “O‘zsuvta’minot”da 2,1 mlrd dollarlik loyihalardan 8 tasi o‘z vaqtida ishga tushmay qolishi ehtimoli borligi aytildi 

    20.11.2023, 22:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:51

    2,6 mlrd so‘mlik tovar kodlarini o‘zgartirib, bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:48

    Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 600 kg yaroqsiz go‘sht savdoga chiqishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:30

    Tramp Baydenni Ukrainaga Rossiyaga javob berishga imkon bermagani uchun tanqid qildi

    Dunyo | 22 avgust, 21:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:06

    Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:00

    Taxtda olib yurilgan murda: “Muhtasham yuz yil”da sulton Sulaymonning o‘limi haqidagi dahshatli haqiqat tushirib qoldirilgan

    Kino | 22 avgust, 20:49

    AQSH razvedkasida Rossiya bo‘yicha ishlovchi 36 nafar xodim maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqidan mahrum qilindi

    Dunyo | 22 avgust, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.