“Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid Pokiston bilan aloqalarni yaxshilash shartini aytdi. Bu haqda Sputnik Afg‘oniston xabar berdi.

Mujohid Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar Pokistonda hushyor rahbariyat bo‘lganda yaxshilanishini aytdi. Bunga Pokiston muvaqqat bosh vaziri Anvar ul-Haq Kakarning so‘nggi bayonoti sabab bo‘ldi. Jumladan, Kakar “Kobulda qonuniy hukumat mavjud bo‘lganda” Afg‘oniston bilan bog‘liq muammolar qisqarishini aytgandi. U Afg‘onistonga so‘nggi yigirma yil ichida milliardlab dollar sarmoya kiritilgan bo‘lsa-da, kuchli markaziy hukumat tuzilmaganini bildirgan.
Biroq Zabihulloh Mujohid bunga javoban BBC bilan suhbatda “Afg‘onistonda odamlar yonma-yon turadigan huquqiy tizim bor”, degan. U “Tolibon” barcha davlatlar, xususan, Pokiston bilan yaxshi munosabatlarga ega bo‘lishni xohlashini qo‘shimcha qilgan.
“Tolibon” harakati va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik Pokistonda muvaqqat hukumat o‘rnatilgandan keyin ko‘paydi.
Izoh (0)