O‘zbekiston Respublikasidagi LUKOIL yoqilg‘i quyish shoxobchasi boshqaruvchisi “LUKOIL O‘zneftmahsulot” MCHJ Toshkent, Buxoro va Navoiy viloyatlarida tadbirkorlar bilan ilk franchayzing shartnomalarini imzoladi. Shartnomalar shartlariga ko‘ra, oltita yoqilg‘i quyish shoxobchasi 2024-yilda LUKOILning korporativ uslubida rebrending qilinadi.
O‘zbekiston LUKOIL AYQSH tarmog‘ining asosiy rivojlanishi franchayzing orqali taʼminlanadi. Ayni damda Farg‘ona va Samarqand viloyatlari hamda boshqa viloyatlar tadbirkorlari bilan mazmunli muzokaralar olib borilmoqda.
LUKOIL mahalliy ishbilarmonlarga kompaniya bilan hamkorlik qilishning diqqatni tortuvchi moliyaviy modelini, yakuniy isteʼmolchilarga esa yuqori sifatli yoqilg‘i va jahon darajasidagi xizmatni taklif etadi.
“LUKOIL” AYQSHning afzalligi nafaqat yuqori sifatli yoqilg‘i bilan tez va xavfsiz yonilg‘i quyish, balki mazali qahvani tatib ko‘rish va minimarketda zarur bo‘lgan barcha narsalarni, shu jumladan moylar va avtomobillarni parvarish qilish vositalarini sotib olishga imkon beradigan ajoyib xizmatdir.
Maʼlumot uchun:
Birinchi LUKOIL AYQSH Toshkentda 2018-yildan beri faoliyat yuritmoqda. Neft mahsulotlarining barchasi ishlab chiqarish korxonalarining tegishli sifat sertifikatlariga va O‘zbekiston Respublikasining muvofiqlik sertifikatlariga ega.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)