Buyuk Britaniya Oliy sudi hukumatning Ruandaga nolegal migrantlarni deportatsiya qilish rejasini noqonuniy deb topdi va bu amaliyot xavfsiz kechmasligi haqidagi apellyatsiya sudi qarorini ma’qulladi.
Bu hukmni Britaniya oliy sud organlaridan biri raisi lord Robert Rid e’lon qildi.
“Oliy sud bir ovozdan Ichki ishlar vazirligi rahbarining apellyatsiyasini rad etadi va Apellyatsiya sudining Ruandaga migrantlarni yuborish sxemasi noqonuniy ekanligi haqidagi xulosasini tasdiqlaydi”, — deyiladi sud qarorida.
Ridning ta’kidlashicha, sud hokimiyati bunday xulosaga “boshpana so‘rab murojaat qilganlar keyinchalik Ruandadan o‘z vatanlariga majburan ko‘chirilgan taqdirda, ularga yomon munosabatda bo‘lishlari mumkinligi” tufayli kelgan.
Izoh (0)