Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Italiya prezidenti Serjo Mattarella qizi Laura Mattarella hamrohligida 9-noyabr kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgandi. 10-noyabr kuni ular O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Oliy martabali mehmonlar majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.
.jpg)


Bosh vazir matbuot kotibining yozishicha, O‘zbekistonning qadimgi tarixidan boshlab to bugungi kunga qadar, 3 ming yillik davr ichida yuz bergan eng muhim voqealarni o‘zida mujassam etgan ushbu majmua Italiya delegatsiyasi a’zolarida katta taassurot qoldirdi.


O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan mehmonlarning Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan mazkur majmua bilan tanishuvi an’anaga aylangan.
Izoh (0)