Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rafiqasi bilan Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rafiqasi Emine Erdo‘g‘on hamrohligida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurdi.
Toshkent xalqaro aeroportida ularni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Qisqa suhbatdan so‘ng, oliy martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.
Izoh (0)