• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl

    “Gap pulda emas, nega men farzand bo‘la turib otamning ijodini targ‘ib qilolmayman?”— Intizor Tojiboyeva nima sababdan otasining ijodi uchun mualliflik huquqini talab qilayotgani haqida

    So‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevning mualliflik huquqi uning vorisi — qizi Intizor Tojiboyeva tomonidan himoyalanganligi va uning roziligisiz radioto‘lqinlarning birida otasining ijodiy asarlaridan foydalanilganligi uchun qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab tegishli tashkilotlarga murojaat qilgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar bu borada Intizor Tojiboyevani qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, ayrimlar uning harakatlarini qoraladi. “Daryo” muxbiri Intizor Tojiboyeva bilan bog‘lanib, bu borasida fikrlari bilan qiziqdi.

    Foto: Instagram / @intizor_tadjibaeva

    — Rahmatli otam haqida hamisha ehtiyotkor bo‘lib gapiraman. O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artistning yillar davomida to‘plagan obro‘siga putur yetishini istamayman. Otam vafot etgan vaqti biz ancha kichik yoshda bo‘lganmiz. Uch bola bilan yolg‘iz qolgan onam bunday narsalarni tushunmagan. Ammo ijtimoiy tarmoqlar rivojlanganidan keyin kuzatuvchilarimiz otamning videolarini sahifamizga joylashimizni so‘rashdi. Ammo otamdan qolgan ijodiy merosni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtira olmasligimiz bizni tushkunlikka tushirdi.

    Foto: Instagram / @intizor_tadjibaeva

    Otam olamdan o‘tganidan keyin bir studiya rahbari “Hojiboy akaning ijodini YouTube ga qo‘yib tursak maylimi?”, deb onamga qandaydir hujjatlarga qo‘l qo‘ydirib ketgan. Keyin bilsam u studiya rahbari avval ham ko‘plab sanʼatkorlarni aldab, shartnomalar imzolatib olgani uchun javobgarlikka tortilgan ekan. Ammo u vaqtda onam nimaga qo‘l qo‘yganini tushunmagan. Ayrimlar o‘ylagandek, onamga hech qanday pul taklif qilinmagan, keyinchalik berilgan vaʼdalar ham bajarilmagan. Shu kungacha o‘zining vijdoniga havola deb bu haqida gapirmaganmiz. Ammo keyinchalik vaziyat shu darajaga yetdiki, u inson bizga aytmasdan nafaqat ijtimoiy tarmoqlar, balki telekanallar bilan ham shartnomalar tuzib kelgan. Qisqasini aytganda, u bizni  otamning asarlaridan butunlay mahrum etgandi. Hatto shunday vaziyatlar ham bo‘ldiki, YouTube dagi kanalimizda otamning ijodiy ishlarini qo‘yadigan bo‘lsam “Mualliflik huquqi bizga tegishli, uni qo‘yishga haqqingiz yo‘q”, deb jarima qog‘ozlari ham keldi. Gap pulda emas, nega men farzand bo‘la turib otamning ijodini targ‘ib qilolmayman? Mana shu savol meni o‘ylantiradi. Bu muammo kecha yoki bugun paydo bo‘lgani yo‘q. Men yillar davomida uchraganlarini aytib o‘tyapman. Oxiri Adliya vazirligiga murojaat qilib, qonuniy chora ko‘rib berishlarini so‘radim, — deydi Intizor Tojiboyeva.

    Odatda telekanallarda namoyish etilgan konsertlar uchun ijodkorlarga gonorar ajratiladi. Shu kungacha otangiz Hojiboy Tojiboyevning televideniye orqali namoyish etilgan konsert dasturlaridan haq olmaganmiz, deya olasizmi?

    — YouTube tarmog‘ini ko‘rsangiz, otamning konsertlaridagi videolari million marotaba tomosha qilingan. Ammo shuncha topilgan mablag‘dan yoki televideniyadagi namoyishdan bizga pul ajratilmagan.

    Bolalikda qiyin kunlarni boshdan kechirganmiz. Onam o‘qituvchi bo‘lib, uch qizni voyaga yetkazdi, o‘qitib, oliy maʼlumotli qildi. Hozirgi kunda hammamizning oilamiz, ishimiz va daromadimiz bor. Biz uchun otamning ijodiy merosi muhim, — deydi Intizor Tojiboyeva.

    “Hojiboy Tojiboyevning ijodi xalq mulki” — baʼzi jurnalistlarning bu kabi postlariga qanday munosabat bildirasiz?

    Foto: Surat oila fotoarxividan olingan.

    — Bizdek vaziyatga tushmaguncha, bu holatni his qilishmaydi, deb qo‘rqaman. Otamning ijodini xalq sevishidan hamisha faxrlanaman. Ammo mualliflik huquqidan mahrum bo‘lish bu tamoman boshqa masala. O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq mualliflik huquqi ijodkorning vafotidan so‘ng  yetmish yil davomida huquqiy himoyaga ega bo‘ladi. Hech qachon otamning ijodini xalqdan qizg‘onmaymiz, aksincha hamisha eʼtibor berishsa quvonamiz. Ammo mashhur studiya rahbari otamning ijodini televideniyega sotib, katta daromad qilgani aniq. Ammo biz otamning ijodini targ‘ib qilmoqchi bo‘lganimizda taqiq qo‘yish qanchalik to‘g‘ri?!

    Kuni kecha O‘zbekiston qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva Madaniyat vazirligi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda marhum ijodkorlarning mualliflik huquqi himoya qilinmayotgani va bu jarayon juda sust bajarilayotgani haqida fikrlarini bildirib o‘tdi. Buning uchun ustoz sanʼatklorga minnatdorchilik bildiraman. Bu gaplar marhum ota-onasining asarlarini mualliflik jihatidan himoya qilolmayotgan va bu yo‘lda taʼziqlarga uchrayotgan insonlarga kuch bag‘ishlaydi.

    Vaziyatni to‘liq bilmay turib tanqid qilayotgan baʼzi jurnalistlar ustozlarning ham bu boradagi fikrlari bilan qiziqib ko‘rishsa yaxshi bo‘lardi. Chunki ijodning qadrini ustozlardan yaxshiroq biladigan inson yo‘q. 

    “Hojiboy Tojiboyevning ijodi xalq mulki” deyotgan insonlar masalaning bu tomoniga ham eʼtibor berishsa yaxshi bo‘lardi. Bu intyervyu orqali aslida vaziyat qanday ekanligini tushuntirishni niyat qildim, — deydi Intizor Tojiboyeva.

    06.11.2023, 13:19   Izoh (0)   37916
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Otamni kimdir o‘ldirib yuborganida, Tashkent City’da ularning haykallari bo‘lmasdi”. Hojiboy Tojiboyevning qizi otasining o‘limi sababi haqida

    19.01.2023, 17:30

    Hojiboy Tojiboyevning vorisi qiziqchining hajviyalaridan ruxsatsiz foydalangan radio ustidan shikoyat qildi 

    20.10.2023, 16:43

    Shon-shuhratga erishishidan avval ham badavlat bo‘lgan Gollivud aktrisalari (foto)

    06.11.2023, 12:10

    Kinotavsiya: So‘nggi 10 yillikning eng yaxshi detektiv seriallari 

    06.11.2023, 10:27

    “Men shuni xohlayman”. Farzandlarining barcha istaklarini so‘zsiz muhayyo qiladigan mashhurlar (foto)

    03.11.2023, 15:32

    Salbiy obrazlar bilan kinoga kirib kelgan va sevgisiga erishish yo‘lida filmlaridagidek mashaqqatlarni boshdan kechirgan Bollivud qiroli Shohruh Xon 58 yoshda (fot...

    03.11.2023, 12:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.