Surxondaryoda 4 ta arxeologiya yodgorligiga 7 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilishga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Shunday tadbirlarning birida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 4 ta arxeologiya yodgorligiga zarar yetkazilgani aniqlandi.
Xususan:
- miloddan avvalgi V–I asrlarga oid “Tallagan tepa” yodgorligining 40 kvadrat metr qismi kesib olinib, avtomobil yo‘li o‘tkazilishi oqibatida 888 milion so‘mlik;
- V–VIII asrlarga oid “G‘o‘rintepa” yodgorligining 200 kvadrat metr qismi buzilib, uy-joylar qurib yuborilishi oqibatida 4,7 milliard so‘mlik;
- I–IV asrlarga oid “Xushvaqtepa” yodgorligi tuprog‘i 12 kvadrat metri olinib, hojatxona qurilgani oqibatida 266 million so‘mlik;
- V–VII asrlarga oid “Toshtepa” yodgorligining 56 kvadrat metr tuproqlari olinib, molxona qurilgani oqibatida 1,2 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.
Aniqlangan holat yuzasidan tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avgust oyida ham viloyatdagi arxeologik yodgorliklar tuprog‘idan molxolan, hojatxona qurilgani aniqlangandi.
Izoh (0)