Taʼmirlash ishlari tufayli Mirobod va Yashnobod tumanlarining quyidagi hududlariga 30-oktyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati xabar berdi.
Mirobod tumani — Jo‘rabek, Olot, Bakinskiy, Obod-Makon, Uz-Bum ko‘chalari:
- aholi xonadonlari soni — 450 ta.
Yashnobod tumani — “Tong yulduzi” va “Qorasuv” mahallalari:
- aholi xonadonlari soni – 300 ta.
Mirobod va Yashnobod tumanlarida:
- ulgurji isteʼmolchilar soni — 7 ta.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
Avvalroq Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari 30 va 31-oktyabr kuni qisman gaz ta’minotidan uzilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)