• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Xorij multfilmlari taʼsirida ulg‘ayayotgan bolalar, qarovsiz qolgan o‘zbek animatsiyasi — yosh animatorlarni qiynayotgan muammolar nimada? (foto, video)

    Kinematografiya agentligi huzuridagi “Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK faoliyati tugatilgach, o‘zbek animatsiyasi rivoji butunlay xususiy studiyalar zimmasida qoldi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatda xususiy sektorda faoliyat yuritayotgan animatorlar O‘zbekistonda multiplikatsiya sanʼatining ahvoli, uning rivojlanishiga taʼsir qiluvchi omillar va milliy multfilm qahramonlarini yaratish yo‘lidagi izlanishlar haqida gapirdi.

    28-oktyabr — Xalqaro animatsiya kuni. Bu kun 2002-yildan beri dunyoning 110 dan ortiq davlatlarida nishonlanadi. Gap shundaki, 1892-yil xuddi shu kuni fransuz rassomi va ixtirochisi Emil Reyno Parij shahridagi Greven muzeyida ilk multfilm namunasini tomoshabinlarga namoyish qilgan.

    O‘zbekistonga multiplikatsiya sanʼati kirib kelganiga esa yarim asrdan oshdi. Bu davrda 500 ga yaqin multfilmlar yaratildi. Ularning 10 dan ortig‘i xalqaro festival va tanlovlar g‘olibi sifatida eʼtirofga erishgan, tan olingan. To‘g‘ri, sohada katta mehnat va yutuqlar bor. Ammo o‘zbekistonlik bolalar hanuz xorij multfilm qahramonlari bilan ulg‘ayishmoqda.

    Animatsiya sanʼati juda katta kuchga ega. Undan yaxshi maqsadda ham, yomon maqsadda ham, tarbiya uchun ham, targ‘ibot yo‘lida ham foydalanish mumkin, — deydi Astir animation studio rahbari, rejissor-animator Abdulatif Haydarov.

    Foto: “Daryo”
    Abdulatif Haydarov
    — Ko‘plab davlatlar animatsiya sanʼatidan samarali foydalanadi. 4-5 yoshli bola hamma axborotni — yomon bo‘lsayam, yaxshi bo‘lsayam — to‘g‘ri qabul qiladi va bir umrga xotirasida saqlab qoladi. Biz shu paytda ularning ongini himoya qilishimiz kerak. Bunda bizga animatsiya sanʼati yordam beradi. Demoqchimanki, bolalar katta bo‘lgach, ularning qusurlarini muhokama qilishdan ko‘ra, avlod tarbiyasida multfilmlar kuchidan maksimal foydalanishimiz maqsadga muvofiq. 
    Lekin, afsuski, o‘zbek animatsiyasi, ramziy aytganimizda, bir rivojlanish uchun bir o‘rnidan turadi, yurmoqchi bo‘ladi, yana yiqiladi — shunday jarayonda. Sohaga qiziqib kirganlarning, taxminan, yetmish foizi ham, yaxshisi, boshqa sohani tanlasam bo‘larkan, degan xulosaga keladi. Aksariyati animatsiyadan ketadi.

    DIP Animation Studio rahbari Pavel Kim hamkasbining fikrlariga qo‘shimcha qilarkan, animatsiya rivoji mamlakat hayotida ham g‘oyaviy, ham moliyaviy jihatdan muhimligiga to‘xtaldi.

    Foto: “Daryo”
    Pavel Kim
    — O‘zbekistonning bolalar uchun mo‘ljallangan telekanallarida, asosan, xorijiy kontentni ko‘rasiz, yaʼni bu sizning mafkurangiz emas, ularga boshqa davlatlarning mafkurasi, g‘oyasi singdirilgan. Agar yosh avlod milliy qadriyatlaringiz asosida o‘sib-ulg‘ayishini istasangiz, u holda siz o‘z multfilmlaringizni ishlab chiqarishingiz, o‘z kontentingizni yaratishingiz kerak. Bundan tashqari, muvaffaqiyatli multfilmlar ortidan katta daromad ham keladi. Masalan, Rossiyaning Peppa Pig multfilmining taxminiy qiymati 3,5 milliard dollar. Rossiyaning Aeroflot aviakompaniyasining taxminiy qiymati esa 1,5 milliard, yaʼni Peppa Pig animatsiyasi Rossiyadagi samolyotlar parkiga ega eng yirik aviakompaniyadan uch baravar qimmatroq.

    2017-yilda Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirishga qaratilgan prezident qarorida multiplikatsion filmlarni 2018-yilda 15 ta, 2022- yildan boshlab esa har yili 50 tadan ishlab chiqarish belgilangandi.

    Kinematografiya agentligi Badiiy kengashi aʼzosi Bekzod Salomovga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistonda umumiy budjeti qariyb 9 mlrd so‘mlik 11 ta ko‘p qismli animatsion film ishlab chiqarilgan.

    Foto: “Daryo”
    Bekzod Salomov
    — Asosan, xususiy studiyalarda mahsulot ishlab chiqarilyapti. Qarordagi belgilangan ko‘rsatkichni davlat studiyasi amalga oshirolmadi. Chunki yangi texnikalar va zamonaviy bilimlarga ega xodimlarimiz yo‘q edi. Toshkentda zamonaviy texnologiyalar asosida ishlaydigan 4 ta katta animatsion studiya faoliyat yuritadi. Ular davlat buyurtmasi bilan ham mahsulotlar ishlab chiqaryapti. Aynan Kinematografiya agentligi buyurtmasi haqida gapirsak, 2021-yildan beri agentlik animatsiya uchun pul ajratgani yo‘q, chunki mablag‘lar asosan kinoga sarflanyapti. Bundan tashqari, agentlik huzuridagi “Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK faoliyati ham tugatilgan. Lekin tez orada shaxsiy studiyalar bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejamizda bor. Shuningdek, agentlik qoshida animatsiya studiyasini tiklash borasida ham izlanishlar olib boryapmiz.

    Animatsiya sohasida o‘n ikki yillik tajribaga ega rassom-illyustrator Zilola Hamidovaning aytishicha, bugungi kunda bu sohada, asosan, qiziquvchilar, “fanat”lar ishlayapti.

    Foto: “Daryo”
    Zilola Hamidova
    — O‘zbekistonda animatsiya daromad keltiruvchi soha emas. Loyihalarni boshlash ham juda qiyin, byurokratik to‘siqlar ko‘p. Bundan tashqari, ular doimiy emas. Agar loyihalar to‘xtab qolsa, soha vakillari ishsiz qolib ketadi. Animatorlar sohadan ketishiga sabab bo‘layotgan omillardan biri shu. Yaxshi kadrlar oila boqish uchun boshqa yo‘nalishlarga majbur o‘tib ketishadi. Bu esa juda achinarli. Animatsiya rivojida loyihalar doimiyligini taʼminlash va ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash juda muhim. Menga  ham ko‘pchilik xorijiy kompaniyalar bilan ishlasang bo‘lmaydimi, deyishadi. Bu borada takliflar bo‘lgan. Lekin men mening farzandlarim o‘zimiz ishlab chiqargan multfilmlarni ko‘rib ulg‘ayishini xohlayman. Agar bugun biz qattiq harakat qilmasak, bu shunchaki orzuligicha qolib ketishi mumkin. Shuning uchun umid bilan sohadagi faoliyatimni davom ettiryapman.

    O‘zbekistonda animatorlar yangi qahramonlar yaratishdan manfaatdor emas, chunki ularning intellektual mulkka egalik qilishi, mualliflik huquqlari avtomatik taʼminlanmaydi. DIP Animation Studio loyiha menejeri Mahmud Gaziyev studiyalar daromadiga salbiy taʼsir o‘tkazayotgan omillarga to‘xtaldi.

    Foto: “Daryo”
    Mahmud Gaziyev
    — Bizda qaysidir animatsion studiya tomonidan oylar, yillar davomida izlanib yaratilgan qahramonlar ommalashgach, undan har kim bemalol foydalanishi mumkin. Milliardlab pul sarflangan personajlarni duch kelgan “tadbirkor” hech kimdan so‘ramasdan, o‘z mahsulotlarida ishlata oladi. Aslida ular foydalanish uchun muallifdan litsenziyani sotib olishi, shu orqali intellektual mulk egasi yaratgan mahsulotidan daromad ko‘rishi kerak. Bu bo‘yicha qonun ishlamaganligi uchun bizga o‘xshagan kompaniyalar o‘z mahsulotlarimizni muhofaza qilolmaydi. Natijada animatorlar yangi qahramon yaratishga, multiplikatsiyaga sarmoya kiritishga oshiqmaydi. Bu ketishda soha orqaga ketishda davom etadi. Daromad bo‘lmagandan keyin hech kim animatsiyani o‘rganmaydi, bor mutaxassislar esa sohadan chiqib ketadi, yangi kompaniyalar ochilmaydi.

    Soha vakillarining fikricha, o‘zbek animatsiyasi islohotlarga muhtoj. Agar davlat moliyaviy qo‘llab-quvvatlasa, O‘zbekistonda sifatli multfilmlar ishlab chiqarish salohiyatiga ega studiyalar va mutaxassislar yetarli. Umid paydo bo‘lsa, ularning safi yanada kengayadi.

    — O‘zbekistonda animatsiya rivojlanishning boshlang‘ich bosqichida, chunki asosan animatsiyalar xususiy studiyalarning o‘z mablag‘lari evaziga ishlab chiqariladi. Jarayon deyarli davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi, asosan xususiy sektor tomonidan moliyalashtiriladi. Bundan tashqari, bozor yo‘q, litsenziyalash va distributsiya xizmatlari hali to‘la shakllanmagan. Xorijiy tajribani o‘rganish kerak. Masalan, Rossiya va Janubiy Koreyada animatsiyani rivojlantirishda xususiy studiyalar uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi ishlaydi. Davlat moliyaviy yordam, soliq imtiyozlari va subsidiyalar ajratadi. Agar davlat xalqaro festivallar o‘tkazsa, unga yirik telekanallar va teleprodyuserlar, turli kompaniya va studiyalarni taklif qilib, O‘zbekistonda animatsiya borligini, uni sotib olish yoki o‘z mahsulotlarini taklif qilishi uchun bozor shakllantirishga ko‘maklashsa, animatsiya ancha tez rivojlanadi, — deydi Pavel Kim.

    Agar o‘zbek animatsiyasi rivojlansa, ayni paytda xorij kompaniyalari bilan ishlayotgan o‘zimizning malakali mutaxassislar milliy kontent yaratish uchun ishlay boshlaydi.

    — Hammasi mablag‘ga borib taqaladi. Hozir nega O‘zbekistonda studiya kam, deyish mumkin, lekin ish bo‘lmasa studiya ochishdan foyda yo‘q. Multfilmlar ishlab chiqarish buyurtmalari ko‘paysa, sohaga sarmoya doimiy kiritilsa, o‘z-o‘zidan ishlab chiqarish hajmi oshadi, yangi studiyalar ham ochiladi. Aytaylik, o‘nta ishga buyurtma berilsa, ichidan hech bo‘lmasa uchta-to‘rttasi muvaffaqiyatli chiqadi. Lekin ishning yurib ketishi uchun bitta-ikkita loyiha berib, undan yaxshi natija kutish biroz qiyin. Lekin kadrlar muammo, mutaxassis yetishmaydi, degan fikrga men qarshiman. Chunki hozirgi kunda sir emas, eng malakali kadrlarimiz chet el kompaniyalari uchun ishlashmoqda. Sababi oddiy, ular yaxshi pul to‘laydi. Milliy kontent uchun ishlayotganlar esa o‘zbek animatsiyasida nimanidir o‘zgartirish ishtiyoqi bilan sohada yuribdi, — deydi Abdulatif Haydarov.

    Yosh animatorlar mamlakatimizni multiplikatsiya sanʼati orqali ham dunyoga tanitish mumkinligiga ishonadi. Boshqa davlatlarning animatsiya yutuqlarini o‘zlashtirish, tajriba almashish, trenddagi animatsiyalar, multfilmlarga qo‘yilayotgan talablarni o‘rganish asosida qancha ko‘p mahsulot ishlab chiqarilsa, o‘zbek animatsiyasi xalqaro bozorga chiqadi.

    — Birinchi loyihamiz, “Pomidor do‘ppi” animatsiyasi mahalliy bozor uchun mo‘ljallangan edi. Endi biz nafaqat O‘zbekistondan, balki xorijdan sarmoya kiritilishi uchun dunyoga mashhur bo‘ladigan loyihalarni amalga oshirmoqchimiz. Studiyamiz dunyo bozori uchun ham sifatli kontentlar namoyish qilishini istaymiz. Xorijliklar allaqachon o‘zbek animatsiyasiga qiziqa boshlashgan. Ular bilan gaplashganimizda O‘zbekistonda bu darajada animatsiyalar yaratilayotganini bilmasdik, o‘zbek animatsiyasini odam ko‘rganda butunlay boshqacha qabul qiladi, deyishadi. Agar biz harakat qilsak, mamlakat imijini butunlay yangi darajaga olib chiqishimiz mumkin. Birorta yaxshi filmni tomosha qilib, uning qaysi davlatda ishlab chiqarilganini ko‘rsangiz, darhol bu mamlakatga yanada boshqacha nazar bilan qaray boshlaysiz. Yaʼni biz ham katta loyihalarni amalga oshirsak, sifatli animatsiyalar, multfilmlar ishlab chiqarsak, chet elda ham talabga ega bo‘ladi. Shu orqali biz mamlakat imijini o‘zgartiramiz va o‘zbek animatsiyasini rivojlantiramiz, — deydi animator-rejissor Pavel Kim.

    Eʼtirof etish kerak, o‘zbek animatorlari o‘tgan yaqin besh yillikda ham o‘z tomoshabinlariga ega bo‘lgan o‘nga yaqin sifatli multfilmlar yaratishdi. Ular orasida “Sehrli tanbur”, “G‘ildirakli uy”, “Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab sayohat”, “Avtosarguzashtlar” animatsiyalari o‘zimizda va xalqaro festivallarda eʼtirof etildi. Ishlab chiqarish davom etyapti. Har yili rejalar taqdim etilib, yil yakunida hisobot beriladi. Ammo o‘zbek animatsiya sanʼatida erishilayotgan haqiqiy natijalar hisobotlarda emas, qachonki O‘zbekiston bolalari o‘zimizda yaratilgan milliy multfilm qahramonlari bilan ulg‘aya boshlaganda ko‘rinadi.

    Suhbatni “Daryo”ning YouTube kanalida to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.

    Maqsuda Abduqayumova suhbatlashdi

     

    28.10.2023, 22:20   Izoh (0)   23973
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hind kinosidagi eng ko‘p gonorar to‘lanadigan aktrisalar (foto)

    27.10.2023, 15:57

    Deniel Redkliff “Garri Potter” syomkasidagi baxtsiz hodisa tufayli falajlanib qolgan dublyori haqida hujjatli film suratga olmoqda

    26.10.2023, 16:28

    Jeki Chan, Jet Li va jahon kinosini o‘z mahorati bilan zabt etgan osiyolik aktyorlar (foto)

    26.10.2023, 14:40

    “Xatiko”, “Titanik”, “Yashil maskan”: neyrotarmoq sevimli filmlarning baxtli yakunini namoyish etdi

    26.10.2023, 12:40

    Gollivud aktyori Dueyn Jonson Parij muzeyidagi mum haykaliga o‘zgartirish kiritishlarini so‘radi

    25.10.2023, 19:40

    Gollivud aktrisasi Meril Strip 45 yillik turmushdan so‘ng turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi

    25.10.2023, 10:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.