• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Vazirga “Dok-1 Maks” bilan bog‘liq voqealar sodir bo‘lishidan avval bolalarda buyrak yetishmovchiligi kuzatilgani haqidagi ma’lumot berilgani, ammo vazirgacha yetib bormagani aytilmoqda

    O‘zbekistonda kamida 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi deb qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi bilan bog‘liq mashmashalardan avval bemor bolalarda buyrak yetishmovchiligi kuzatilgan. Mas’ullar bu haqda o‘sha vaqtda sog‘liqni saqlash vaziri sifatida ishlab kelgan Behzod Musayevga ma’lumot tayyorlagan va olib borgan. Biroq, ma’lumotlar vazirgacha yetib bormagan.

    “Dok-1 Maks” sudining 2023-yil 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida sirop bilan bog‘liq voqealar yuz bergan paytda Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibidagi Onalik va bolalikni muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan Sevara Ubaydullayeva so‘roq qilindi. 

    Sevara Ubaydullayeva.
    Foto: “Daryo”
    Behzod Anvarovichga 2022-yilning 22-noyabr kuni o‘tkazilgan seminar rasmlarini Telegram’dan yuborganman va “Biz OPN — buyrak yetishmovchiligi bo‘yicha seminarlar o‘tkazyapmiz. Hammani o‘qitib, erta aniqlab, to‘g‘ri yo‘naltirishni o‘rgatyapmiz”, dedim. “Ma’qul dedilar”, deydi prokurorning sobiq vazir vaziyatdan qachon xabar topgani haqidagi savoliga javob bergan guvoh.

    Guvohga ko‘ra, sobiq vazirning tibbiyot sohasi vakili emasligi uning ma’lumotlarga unchalik e’tibor bermasligiga olib kelgan.

    Ular (sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev nazarda tutilmoqda — tahririyat izohi) tibbiyot sohasidan sal yiroqroq bo‘lgani uchun OPNga unchalik e’tibor qilmadilar. Shundan so‘ng 15—16-dekabr kunlari menga chiqib, “Sening xabaring bormi, menga hozir shunaqa deyishyapti. Bu og‘ir kasal ekan”, dedi. Men “Bu kasallikni bemorlarda buyrak yetishmovchiligi paydo bo‘layotgan paytda sizga xabar qilgandim, bu narsaning ustida ishlayotgandik. Bolalarni saqlab qolishga harakat qilayotgandik” dedim, — deydi guvoh vazirga bu haqda avvalroq xabar berganini aytar ekan.

    Guvoh Sevara Ubaydullayeva bemor bolalarda buyrak yetishmovchiligi bilan bog‘liq holatlar haqida ma’lumotlarni to‘plagach, ularni vazir o‘rinbosari Elmira Bositxonovaga berganini, to‘g‘ridan to‘g‘ri vazirga ma’lumot olib kirish vakolatiga ega bo‘lmaganini aytdi. 

    To‘g‘risini aytish kerak, men o‘sha paytda yangi ishga kelganim bois to‘g‘ridan to‘g‘ri Bositxonovaga bo‘ysunardim va vazirga ortiqcha kirolmasdim. Faqat bir-bir Telegram orqali ma’lumotlarni kiritish imkoniga ega edim. Barcha ma’lumotlarni Bositxonovaga yetkazardim. Ular o‘zim yetkazaman, sening kirishingga hojat yo‘q degandi, — deydi guvoh.

    Sevara Ubaydullayevaning sudda ko‘rsatma berishicha, sobiq vazir “Dok-1 Maks” voqealari yuzasidan TVda chiqish qilib, xalqqa murojaat qilib bo‘lgach, unga qo‘ng‘iroq qilib “Nega bo‘layotgan voqealar haqida menga vaqtliroq kirib aytmading, tushuntirmading”, deya dakki bergan. 

    Men hamma ma’lumotni Bositxonovaga kiritgandim. Ular subordinatsiya bo‘yicha ma’lumotlarni o‘zlari kiritishlari kerak edi. O‘zim taqdim qilaman, sening kirishingga hojat yo‘q deb aytgan, deb aytdim, — deydi guvoh.
    Elmira Bositxonova.
    Foto: “Daryo”

    Guvohning qo‘shimcha qilishicha, u Elmira Bositxonovaga vazirdan dakki eshitganini aytgach, vazir o‘rinbosari “To‘g‘ri, siz harakat qildingiz, men sal e’tiborsizlik qildim”, degan. Sudda ushbu holatga javob qaytargan vazir o‘rinbosari Elmira Bositxonova guvohning bu gapini inkor qildi.

    27.10.2023, 23:02   Izoh (0)   27771
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Dok-1 Maks” ishi ko‘rilayotgan sudda yana bir mansabdor Hindistonning 3 ta dorisi O‘zbekistonda sotilishi uchun 45 ming dollar olgani ma’lum qilindi 

    20.10.2023, 19:03

    “Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchilari siropni bemorlarga tavsiya qilib kelgan shifokor, hamshira va dorixona xodimlarini doimiy rag‘batlantirib kelgani ma’lum bo‘ldi...

    24.10.2023, 12:47

    “Bu jurnalistikada bor tartib ekan, lekin qonunbuzilishi yo‘q”. “Dok-1 Maks” sudida advokatlardan biri “Daryo” nashri xabariga e’tiroz bildirdi

    25.10.2023, 12:21

    “Mamlakatimizda bolalarning doridan zaharlanayotgani xayolimizga ham kelmagandi”. Elmira Bositxonova “Dok-1 Maks”dan vafot etganlarning ota-onalaridan uzr so‘radi ...

    27.10.2023, 21:10

    “Daryo” reportaji: Namangandagi “Afsonalar vodiysi” bog‘ida xalqaro asal festivali boshlandi

    27.10.2023, 22:30

    Chet eldan O‘zbekistonga bojxona to‘lovlarisiz ikkita telefon olib kirishga ruxsat berildi

    27.10.2023, 21:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp “Amerika ovozi”ni yo‘q qilishga chaqirdi

    Dunyo | 26 iyun, 19:20

    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

    Reklama | 26 iyun, 18:00

    Rasman: Ronaldu bilan “An-Nassr” yangi shartnoma imzoladi

    Sport | 26 iyun, 19:08

    “Men revizor bo‘lib ishlaganman, qamatish qo‘limdan keladi degan” hokimlik binosidan o‘ligi chiqqan rais voqeasi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 18:51

    O‘z-o‘ziga rejissyor: shaxsiy kinostudiyasini tashkil qilgan mashhurlar

    Kino | 26 iyun, 18:45

    Andijonda 1 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 18:40

    Ekvadorda mashhur jinoiy to‘da rahbari “Fito” qo‘lga olindi

    Dunyo | 26 iyun, 18:30

    Kosondagi bog‘chada 2,5 yoshli qiz vafot etgani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

    O‘zbekiston | 26 iyun, 18:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.