UZCARD FORUM doirasida milliy to‘lov tizimi mamlakatimiz moliya sektori rivojiga katta hissa qo‘shayotgan kompaniyalarni belgiladi. UZCARD ekspertlari “Kapitalbank”ni “Eng texnologik va Agile bank” sifatida belgiladi.
- Biz bankning raqamli xizmatlarini rivojlantirishga faol investitsiya kiritmoqdamiz va bu ishni yuqori baholagan hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiramiz”, — deydi Kapitalbank boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Shunday qilib, yaqinda biz yuridik shaxslar uchun yangi masofaviy xizmat ko‘rsatish “Uzum Business” servisini ishga tushirdik va butun O‘zbekiston bo‘ylab mijozlarimiz uchun xavfsiz, tezkor va ishonchli yechimlarni joriy etgan holda, butun mamlakat bo‘ylab bankomatlar parkimizni faol ravishda yangilamoqdamiz. Bugungi kunda esa 1,5 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolari “Kapitalbank” xizmatlaridan foydalanmoqda.
Shuningdek, forum davomida mamlakatimizning yetakchi banklari va fintech- kompaniyalari ekspertlari bank sektorini rivojlantirishning asosiy tendentsiyalari, banklarni raqamlashtirish, axborot xavfsizligi masalalari va boshqa ko‘plab masalalarni muhokama qilishdi.
Sheriklik huquqi asosida.
Izoh (0)